Xitoyda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 1 milliarddan oshdi

  • 16:02 / 17.09.2021
  • 134

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan ma’lumotga ko’ra, mamlakatda 1 milliarddan ortiq aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi. Bu haqida «РИА Новости» xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy aholisining 70 foizga yaqini virusga qarshi to‘liq emlanib bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi vakili Mi Fenning aytishicha, 15-sentyabr holatiga 2,16 milliard emlash amalga oshirilgan.
Shuningdek, Xitoyda to‘liq emlanganlarning 95 milliondan ortig‘ini 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lganlar, 200 million nafarini esa 60 yoshdan kattalar tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, shu kungacha Xitoyda 95 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 4,6 mingga yaqin bemor vafot etgan.