Xitoyda o‘yinchoqlar savdosi kutilmagan darajada oshib ketdi

  • 16:01 / 25.05.2020
  • 184

2019-yil Xitoyda o‘yinchoqlar va bolalar buyumlari chakana bozori hajmi qariyb 10,7 milliard dollarga yetdi va bu o‘tgan yilga nisbatan 7,8 foizga ko‘pdi. Bu haqida Xitoy bolalar o‘yinchoqlari va mahsulotlari assotsiatsiyasi ma’lumotlariga asoslanib Sinxua agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘yinchoqlar va bolalar buyumlarini onlayn ravishda sotish kanallari jonli efir va ijtimoiy tarmoqlardagi sotuvlar tufayli sezilarli darajada oshib ketgan.
Uyushma tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar xitoylik iste’molchilarning o‘z pullarini o‘yinchoqlar va bolalar mahsulotlariga ko‘proq sarf qilishganini ko‘rsatdi. 
Bojxona statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda o‘yinchoqlar eksporti 24,2 foizga, bolalar aravachalari 4,7 foizga, avtomobil o‘rindiqlari esa 13,2 foizdan, 900 million dollargacha oshganligini ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, Shantou shahri Xitoyning o‘yinchoq poytaxti bo‘lib, bu yerda eng katta o‘yinchoq bozori joylashgan.