Xitoyga sayohat: Hamon “yashayotgan” g‘ordagi uylar

  • 04:38 / 02.06.2018
  • 11188

Xitoyning Guychjou tog‘li viloyatida g‘or qishloqlar hanuzgacha mavjud bo‘lib, unda yashovchi odamlar bir vaqtlar tog‘lar orasida qurollangan bosqinchilardan yashirinib, uylar qurib, o‘z turmushlarini yo‘lga qo‘yganlar. Ular Xitoy kommunistlar davrida birlashtirilgandan keyin ham g‘orlarda qolganlar.

Foto: Bryan Denton/The New York Times

Xitoyda odamlar yashaydigan so‘nggi g‘orlardan biri – Chjun tashqi dunyo bilan faqat so‘qmoq yo‘l orqali bog‘langan. Katta yo‘lga chiqib olish uchun u orqali bir soatcha yurish kerak. Biroq oxirgi 20 yil ichida bu joy g‘ordagi uylarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun keluvchi sayyohlar sababli xoli joy bo‘lmay qoldi. 

Biroq mahalliy  aholi sayyohlarning kelishini o‘z foydalariga burdilar – ular sotish uchun turli buyumlar tayyorlaydilar hamda bambuk va yog‘ochdan qurilgan uylaridagi xonalarni ularga ijaraga beradilar.

Qishloq ahli chorva, asosan sigir va tovuqlar boqadi. Bolalar maktab-internatda ta'lim oladilar va uylariga faqat dam olish kunlari keladilar. 

Foto: Bryan Denton/The New York Times

Mahalliy hokimiyat g‘orlar aholisining ular uchun deyarli 10 yil avval maxsus qurilgan yaqin oradagi qishloqqa ko‘chib o‘tishlarini istamoqda. Yangi joyga ko‘chib o‘tish uchun har bir rezidentga 60 ming yuandan (9,5 ming dollar) pul taklif qilingan, biroq bunga bor-yo‘g‘i 5 oilagina rozi bo‘lgan.

Foto: Bryan Denton/The New York Times

Biroq qolgan 18 oila g‘ordagi uylarida qolishga qaror qilishgan. Ularning ta'kidlashicha, yangi uylar ular uchun juda kichik. Bundan tashqari, ular o‘z yerlaridan mahrum bo‘lishdan qo‘rqmoqdalar va o‘zlarining kichik turistik iqtisodiyotlarini o‘zlari mustaqil nazorat qilish huquqiga ega bo‘lmoqchilar. 

Foto: Bryan Denton/The New York Times

O‘tgan asrning 80-yillarida hokimiyat vakillari g‘orga “bir oila – bir farzand” siyosatiga amal qilinayotganini tekshirish uchun tashrif buyurishgan. Ushbu siyosatga qishloq aholisi orasida amal qilinmagan. Qoidabuzarlar esa majburiy abortlarga yoki bichishga olib ketilgan.

G‘or tarixidagi eng katta o‘zgarish u yerda elektrning paydo bo‘lishi bo‘lgan. Elektr bu yerga 2002 yilda o‘tkazilgan. Bu masalani Xitoy hukumati emas, balki amerikalik tadbirkor Frenk Beddor hal qilgan. U g‘orga 2000-yillar boshida bir necha bor tashrif buyurib, qishloq aholisining hayotini yengillashtirish uchun o‘n minglab dollar xayriya qilgan.

Qishloqdagi yoshlar gohida pul topgani “katta shahar”ga ketadilar, biroq oxir-oqibat g‘orga – o‘z oilalari yoniga qaytadilar.

Foto: Bryan Denton/The New York Times
Teglar