Xitoyliklar havoda 12 soatlab parvoz qila oluvchi eng katta gidrosamolyot qurishmoqchi

  • 10:37 / 15.06.2020
  • 619

Tinib-tinchimas xitoyliklar suv yuzasidan ko‘tarila oluvchi va qo‘na oluvchi eng katta gidrosamolyot ishlab chiqarishmoqda. Mazkur texnikani an’anaviy usullarda – beton yo‘laklarga qo‘nishda ham qo‘llash mumkin. Pandemiya sabab kuzatilgan ta’tildan so‘ng xitoyliklar ushbu yangi ishlanmani sinovdan o‘tkazishni boshlagan.

Yangi gidrosamolyot AG600 Kunlong deb ataladi va mana 10 yildan beri Xitoy aviatsiya korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarib kelinmoqda. Uchoqning hajmiga keladigan bo‘lsak, bu borada gap Boeing 737ga o‘xshash gabaritlar haqida ketmoqda. Gidrosamolyot soatiga 550 kilometr tezlikda harakatlana oluvchi to‘rt turbovintli dvigatel bilan ta’minlanadi. Bir marta yoqilg‘iga to‘ldirib olingan AG600 Kunlong  havoda 12 soat davomida qolgancha taxminan 4500 km.ga parvoz qila olishi mumkin. Uchoq bortiga esa 50 nafar yo‘lovchi joylasha oladi.

Xitoyliklarning so‘zlariga ko‘ra, gidrosamolyot 20 soniyada 12 tonna suv yig‘a olish imkoniyatiga ega. Oxir-oqibat bunday qudratli kashfiyot armiyada, shuningdek, maxsus qutqaruv operatsiyalarida foydalaniladi.