Xitoyliklarni tunagan tojiklar va o‘zbeklar Rossiyada qamaldi

  • 15:46 / 08.11.2019
  • 44

Foto: Aif

Kecha, 7-noyabr kuni tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Chelyabinsk viloyati sudi to‘rt nafar chet el fuqarolari ustidan hukm chiqardi. Jinoiy guruhning to‘rt nafar a’zosi avtoulovlarni o'g'irlash, zo'ravonlik va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblandi va 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqida viloyat prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib АиФ xabar bermoqda.

O'tgan yilning kuzida tojiklar va o'zbeklardan iborat uyushgan jinoiy guruh xitoyliklarning issiqxonalariga bostirib kirishgan va ishchilardan pul talab qilib olishgan. Uyushgan jinoiy guruhning to'rt a'zosi o'tgan yilning oktabr oyida birinchi reydni amalga oshirgan. Ularning navbatdagi jinoiy “epizod”i xitoyliklarning issiqxona ishchilaridan 178 ming rubl miqdoridagi summani bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilgani bo‘ldi.

Bir necha kundan keyin jinoiy guruh boshqa issiqxonaga – yana xitoylik ishchilarga hujum qilishdi. Bu safar ular ko'proq pul - 490 ming rublni o‘marib ketgan. Bundan tashqari, bosqinchilar issiqxonaga tegishli mashinani ham o'g'irlashgan.

Uyushgan jinoiy guruhning barcha ishtirokchilari ushlanib, ularga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi. Kaslinskiy shahar sudi jinoiy guruhning barcha ishtirokchilariga qarshi jinoyat ishi bo'yicha hukm chiqardi. Jinoyatchilar jinoyat ishidagi ishtirokiga qarab 8 va 9 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud hukmiga ko‘ra, jinoyatchilar jazoni qattiq tartibli koloniyada o'taydilar.

Teglar