Xonangizga zo‘r ko‘rinish berish uchun noodatiy g‘oyalar

  • 09:01 / 04.02.2015
  • 5798

O‘z uyimiz yoki xonamizni qanchalik yaxshi ko‘rmaylik, u doim bir xilda bo‘larkan, ertami, kechmi jonimizga tegadi. Xonamizdagi o‘zgarishlar kayfiyatga yaxshi ta'sir ko‘rsatadi. Agar qandaydir o‘zgarishlar qilishni istasangiz, kichik jihozlardan boshlang. Ba'zida nimanidir aylantirib qo‘yish, ustma-ust taxlash, o‘girib qo‘yish yoki xonaga nimadir qo‘shish favqulodda ajoyib natijalarga olib keladi. Ba'zida mebel va uning ma'lum qismlarini bo‘yash orqali go‘zallik yaratish mumkin.

Shaxsiy rasmlar va xotiralar insonni zerikib qolmasligini kafolatlaydi. Mutaxassislar shkaflaringizda saqlayotgan turli jismlarni uyingizga bezak sifatida ishlatishni tavsiya etadi. Ustachilikka qo‘li kelishadigan va biroz bo‘sh vaqti bo‘lgan odamlar uchun mashg‘ulotlar talaygina. Zamonaviy dunyoda ular DIY (Do it yourself) ya'ni o‘z “qo‘ling bilan bajar” mashqlari deyiladi. Xonadagi buyumlarning rangini va shaklini didingizga mos ravishda o‘zgartirishingiz mumkin. Biz quyida tavsiya etayotgan ba'zi loyihalar ko‘proq texnikani tushunish, asbob-uskunalar va mahorat talab qilishi mumkin. Ular uchun usta chaqirishdan avval, do‘stlaringiz va qarindosh-urug‘laringiz ichidan shu ishni qila oladiganlar bor yoki yo‘qligini aniqlang. Ularga murojaat qilish bilan pulingizni tejashingiz mumkin, buni yodda tuting.

Endi esa xonalarga yangicha muhit beradigan g‘oyalarni ko‘rib chiqamiz.

• Xonaga diqqatni tortish va unga iliqlik bag‘ishlash uchun devorni biror hashamatli rangga bo‘yang.

• Xona bezagi uchun tabiatdan biror qiyshiq jismni qo‘shing.

• Javonlarda kitoblarni ikki chetiga tutqichlar o‘rnating.

• Shift va bir-biriga parallel joylashgan ikki devorni bir xil rangga bo‘yang yoki gulqog‘oz yopishtiring. Qolgan ikki devor boshqa rangda turaversin. Bu xonaga nostandart ko‘rinish beradi.

• Xonada yana bir obrazni yaratish uchun bir chekkaga oromkursi o‘rnating. Bu toliqqanda tin olish uchun ham kerak bo‘ladi.

• Boshqalar tomosha qilishi uchun o‘zingizning oddiy san'at asaringizni yarating.

• Zinalardan ko‘tarilish va pastga tushishni xotiralarga boy rasmlar bilan yanada zavqli qiling.

• Muzlatgichning ko‘rinishini skotch tasmasi orqali o‘zgartiring.

• “Qo‘lga tushgan” tasodifiy buyumlar bilan stol yoki stul yasang.

• Bo‘sh joyni taxtadan yasalgan “havodagi javonlar” bilan maxsus hududlarga ajrating.

• Klassik me'moriy mayda-chuydalarni zamonaviy qilish mumkin. Bunda bo‘yoq yoki skotch tasmasi yordam beradi.

• Gullarni shiftdan osib tushirib qo‘ying yoki balandroq mebelning ustiga qo‘ying.

• Ko‘rimli bo‘lishi uchun barcha kitob va jurnallaringizni baland to‘plam qilib taxlang. Bu tartibni ham ta'minlaydi.

• Oshxona yoki hammomda ilgak sifatida guldon va gullar ko‘rgazmasidan foydalaning

• Oddiy ko‘zguni bo‘yalgan yoki tabiiy toshlar bilan bezang.

• Xonangizda original bezak bo‘lishi uchun devorga qo‘lda yozib chiqing.

• Sohil kayfiyatini beruvchi sol ko‘rinishidagi chiroq yasang.

• Uyingizning bir burchagiga katta hoshiyali ko‘zgu o‘rnating. U xonani kattaroq qilib ko‘rsatadi.

• Yotog‘ingiz tagidan katta sig‘imli tortmalar uchun platforma qurib qo‘ying.

• Kutilmagan holatlarda qo‘l kelsin deb, shiftdan meva yoki gullarga to‘ldirilgan savat osib qo‘ying.

• Kitob va boshqa buyumlarni saqlash uchun quti va taxta javonlarni alohida joylashtiring va har biriga maxsus rang bering.

• Daraxt shoxlaridan nafis parda tutqichlar yasang.

• Oddiy stol va stullarga bo‘yoq bilan yangicha ko‘rinish bering.

• Yorug‘lik va poklik bag‘ishlash uchun xonaningiz bo‘ylab tuvakda o‘simliklar qo‘yib chiqing.

Shuni yodingizda saqlang, uyingizga muhabbatingiz yanada ortishi va u zerikarli bo‘lib qolmasligi uchun biroz vaqt ajratish kerak. O‘zgarishlarni hayotga tatbiq etishdan avval esa yaxshilab o‘ylashni maslahat beramiz. Ozgina qiynalsangiz va ancha-muncha vaqtingiz ketsa ham, xonangizda o‘z qo‘lingiz bilan yaratilgan o‘zgarishlarni ko‘rib, bahru dilingiz ochiladi. Hamma charchoqlar chiqib ketadi.

O‘qishni tavsiya etamiz:

Uyingizni bezatishingiz uchun oddiy va chiroyli bezaklar

Teglar