XOQ Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish tartibi bo‘yicha bayonot berdi

  • 11:16 / 20.03.2020
  • 45

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy Tarbiya va Sport Vazirligi

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) “Tokio-2020” Olimpiya oʻyinlarini oʻz vaqtida oʻtkazadi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qo‘mita bayonotiga tayanib.

Xabarda ta’kidlanishicha, Olimpiya oʻyinlari belgilangan sanada oʻtkaziladi, faqat bunda tashkiliy qoʻmita 2 ta eng muhim shartga amal qiladi:

1. Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan har bir sportchi, delegatsiya aʼzolarining xavfsizligini taʼminlash;

2. Olimpiya sport turlari va atletlar manfaatini himoya qilish.

Ayni paytga kelib musobaqaning 57 foiz yoʻllanmalari oʻz egalarini topib boʻlgan va qolgan 43 foiz litsenziyalar taqsimoti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. Qoʻlga kiritilgan kvotalar MOQ va sportchilar hisobida qoladi.

2. Rejalashtirilgan kvalifikatsion turnirlar har bir jamoa va sportchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yuzaga kelganida adolatli amalga oshiriladi.

Saralash tizimidagi har qanday oʻzgarishlar quyidagilarga asoslanadi:

– Shu vaqtgacha boʻlgan natijalar;

– Mavjud tanlov tamoyillari. 

Qolgan kvotalar istisno holatlarida “Tokio-2020” tashkiliy qoʻmitasining koʻrib chiqishi bilan taqsimlanishi mumkin.