Xorijdagi o‘zbekistonliklardan birida koronavirus aniqlandi 

  • 15:01 / 26.03.2020
  • 252

AOKA huzuridagi shtabda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Ushbu brifingda ma'lum qilinishicha, xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan. 

Infeksiya aniqlangan bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan, ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashxisi qo‘yilgan. 

"Vaziyat elchixonamiz doimiy nazoratida", dedi Avazbek Xadjimetov.