Yana bir davlatda koronavirusga chalingan so‘nggi bemor tuzaldi

  • 10:19 / 10.06.2020
  • 897

Laosda koronavirus infeksiyasini yuqtirib shifoxonada yotgan so‘nggi bemor ikki marta topshirgan test natijalarining salbiy chiqqanidan so‘ng uyiga qaytdi. Bu haqda seshanba kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vairligiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
 “Oxirgi bemorimiz ikkita test natijasi ham salbiy chiqqanidan so‘ng shifoxonadan chiqarildi”, deyiladi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan xabarda.
Laosda pandemiya davrida koronavirus bilan bog‘liq 19ta holat qayd etilgan edi. Yangi turdagi koronavirus qariyb ikki oy mamlakat “mehmoni” bo‘ldi.
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari ichida Laos birinchilardan bo‘lib o‘z chegaralarini yopgan va chetdan mamlakatga kirib keluvchilarni majburiy karantinga olgan edi. Mamlakat shaharlarda o‘zini o‘zi yakkalash tartibini joriy etib, hududlararo harakatlarni ham cheklab qo‘ygan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 8-iyun kuni Yangi Zelandiyada birorta ham COVID-19 bemori qolmagani maʼlum qilingan edi.