Yana bir yoshga masʼuliyatli vazifa topshirildi 

  • 15:09 / 09.10.2019
  • 67

Foto: Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi

Hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi sifatida ishlab kelgan Rufat Sayliyev Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

Sayliyev Rufat Jumavayevich 1984-yil 8-dekabrda Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti oliy, 2009-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. 2015-2019-yillar davomida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Chirchiq shahar Kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan.