Yana ikkita viloyatda aholi orasidan koronavirusga chalinganlar aniqlandi

  • 10:23 / 12.06.2020
  • 1827

 Bugun, 12-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78 nafarga oshib, jami 4819 nafarni tashkil etmoqda. 
 
Bu xaqda SSV axborot xizmati maʼlum qildi.
 
Yangi kasallanish holatlarining 66 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 5 nafari Buxoro viloyatida hamda 2 nafari Samarqand viloyati Urgut tumanida aholi orasida aniqlangan.
 
Shu kunga qadar O‘zbekistonda 3637 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (75 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatda 1163 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.