Yangi epidemiya — yolgʻizlik

  • 08:40 / 09.09.2019
  • 1198

Yolgʻizlik. Deyarli har bir kishi hayoti davomida kamida bir marta boʻlsa ham yolg‘izlikni boshdan kechirgan. Tadqqonlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bu kishi ruhiyati bilan bog‘liq ba’zi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Yaqinda e’lon qilingan ma’lumotlarga koʻra, odamlar oʻrtasida muntazam ravishda yolgʻizlik hissi bilan yashaydiganlar soni ortib bormoqda. Bundanda achinarlisi, “yolgʻizlik” yosharib bormoqda, yaʼni 30 yoshga toʻlmaganlar orasida keng tarqalgani maʼlum boʻldi. Shu munosabat bilan olimlar yolgʻizlikni yangi epidemiya deb nomlashdi va bu muammoning yechimi ustida bosh qotirish kerak degan toʻxtamga kelishdi.

Statistik maʼlumotlar

Shuni ta’kidlash kerakki, yolgʻizlik muammosi deyarli butun jahonda kuzatilmoqda. Masalan, amerikaliklarning uchdan biri 45 yoshgacha va undan kattaroq boʻlganlar oʻrtasida oʻzini yolgʻiz his qilish holatlari kuzatilgan. Bundan tashqari, 9 milliondan ortiq britaniyaliklar “tez-tez yoki doimiy ravishda” yolgʻizlikda yashashadi, Janubiy Afrika, Yaponiya va Braziliya dunyoning oʻnta “eng yolgʻiz insonlar” hududlari roʻyxatiga kiritilgan va bu muammo yil sayin ortib bormoqda. 

Yolgʻizlikning sababi nima va u nimasi bilan xavfli?

Izolyatsiyadagi hayot yolgʻizlikning yagona sababi emas. Daromad va ta’lim darajasini oʻz ichiga olgan koʻplab omillarni bunga sabab qilib koʻrsatish mumkin. Misol uchun, keksa odam ko‘rinishidan odamlar qurshovida boʻlishi mumkin, lekin shunga qaramay, oʻzini yolgʻiz his etadi. Keksalar, asosan, ularning yaqinlari, doʻstlari olamdan oʻtganidagina oʻzlarini tushkun, yolgʻiz his qilishni boshlashadi.

Agar fiziologik tomoni haqida gapiradigan boʻlsak, yolgʻizlik hissi miyada nerv hujayralari sonining kamayishi bilan bogʻliq. Koʻpgina tadqiqotlar yolgʻizlikni aqliy darajaning pasayishi, depressiya, yurak kasalligi va hatto qon tomirlari kabi jiddiy kasalliklar bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Ba’zi ma’lumotlarga koʻra, yolgʻizlik oʻlim xavfini 30 foizga oshirishi mumkin, buni esa kuniga 15 dona sigaretani chekish bilan taqqoslash mumkin.

Bu borada zamonaviy texnologiya qanday yordam bera oladi?

Avvalo, albatta, farmatsevtika sanoatiga murojaat qilishimiz lozim. Hozirda depressiyani kamaytirish, uyquni yaxshilash uchun koʻplab dorilar ishlab chiqarilmoqda va bu bir tomonlama foyda berishi mumkin. Ammo asosiy muammoni hal qila olmaydi. 

Olimlar yaqinlar bilan video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirish, internet tamogʻidagi maʼnaviyatni oshiruvchi saytlardan foydali maʼlumotlar olish, qoʻllab-quvvatlash guruhlarini (internet tarmogʻi orqali) tashkil etish yolgʻizlikdan qutqarishi mumkin degan to‘xtamga kelishdi.

Teglar