Yangi hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilgan muddatdan bir yil oldin yakunlanadi

  • 15:02 / 12.07.2019
  • 217

Prezidentning 9.07.2019 yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5761-son farmoni e'lon qilindi.

Norma’ning yozishicha, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab tabiiy gaz va elektr energiyasini sotishdan tushadigan mablag‘lardan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar 10%dan 5%ga kamaytiriladi.

Muvozanat uchun xarajatlar qisqartiriladi – prokuror xodimlari bir qismining ta'minoti kelasi yildan Jamg‘armadan Davlat budjetiga, 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan yildan yilga o‘tuvchi va yangi loyihalarni budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish kiritiladi.

Joriy yilda Jamg‘arma kamida 2,5 mln Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimiga (ASKUE) ulangan hisoblagichlar o‘rnatishga va 2020 yil oxiriga qadar 100% iste'molchilarni qamrab olishga qo‘shimcha ravishda 100 mlrd so‘m ajratadi. 

Shu tariqa, ASKUEni butun mamlakat bo‘yicha joriy etishni avvalboshdan rejalashtirilgan muddatdan bir yil oldin yakunlashmoqchi.

Hujjat 10.09.2019 yildan kuchga kirdi.