Yangi mish-mish: Oltin to‘p sohibi ma’lum bo‘ldi   

  • 15:35 / 02.12.2019
  • 46

Twitterda “Ballon d’Or”ning 2019-yilgi nomzodlari ro‘yxati aks etgan surat tarqaldi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinda Leonel Messi ko‘rsatilgan. Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu esa to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. 
 
Avvalroq yana bir shunga o‘xshash surat tarqalgan edi. Unda Krishtianu Ronaldu ro‘yxatning eng yuqorisida ko‘rsatilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun – 2-dekabr kuni France Football nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari e’lon qilinadi. Unda Oltin to‘p – “Ballon d’Or” sohibi ham ma’lum bo‘ladi. 

Teglar