Yangi o‘quv yilidan 3 ta universitetda matematik injiniring ta’lim yo‘nalishi ochiladi

  • 13:10 / 13.06.2020
  • 631

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-son qarori vazifalari yuzasidan respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida:

2020–2021-o‘quv yilidan boshlab quyidagi universitetlarda “Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi:

– O‘zbekiston Milliy universiteti;
– Samarqand davlat universiteti;
– Urganch davlat universiteti.
  
Mazkur yo‘nalish bitiruvchilariga “muhandis-matematik” va “matematika-mexanika o‘qituvchisi” qo‘sh (dual) kvalifikatsiyalari beriladi.