Yangilik: Rossiyada bankomatlar endi insonni yuzidan tanib oladi

  • 10:50 / 08.11.2019
  • 76

Foto: Depositphotos

Rossiyada bankomatlarga inson yuzini tanish tizimi o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Bunday yangicha usul mijozlarga bankomat bilan bog‘liq amaliyotlarni karta yoki smartfonlarsiz amalga oshirish imkonini beradi.

Yangi tizim hali tayyorgarlik bosqichida

Rossiyaning telekommunikatsiya kompaniyasi – “Rostelekom”ning raqamli hisobga olish direktori Ivan Berovning aytishicha, bankomatlarga joriy qilinishi ko‘zda tutilayotgan ushbu yangilik hozircha sinov loyihasi bosqichida turibdi.

Bankomatlar yuzni qanday taniydi?

Xabarda qayd etilishicha, bankomatlar yagona biometrik tizim (YBS)da saqlanayotgan yuz izlariga qarab, insonni tanib oluvchi kamera bilan jihozlanadi.