Yaponcha "Kelajak uyi": Panasonic aqlli uy konsepsiyasini namoyish qildi

  • 05:15 / 06.09.2016
  • 11070

Har yili Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA ko‘rgazmasining odatiy eksponatlari - bu  elektr maishiy texnikasi, uning asessuarlari va maishiy texnika. Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi bu yil o‘z ko‘lamini o‘zgartirishga qaror qildi - u gadjet-shouda "kelajak uy"ini namoyish qildi. 

"Aqlli uy"

Ko‘rgazmada yaratilgan interaktiv turar joy o‘zaro hamda bulut servislari bilan simsiz tarmoqlar yordamida "muloqot qiluvchi" o‘ta zamonaviy maishiy texnika bilan ta'mirlangan. Kompaniya vakillarining fikricha, ba'zi mamlakatlarda bunday uylar 3-5 yildan keyin joriy qilinishi mumkin.

"Kelajak uyi"da yashovchilar texnologiyalarni barcha kerakli ma'lumotlarni aks ettiruvchi shaffof sensor ekranlar yordamida boshqarishadi. Masalan, tizimga kiritilgan mehmonxonadagi televizor. U ishlayotgan paytida oddiy ekran kabi ko‘rinadi, ammo ekran o‘chiq paytida bu televizor ekanligi hech kimning xayoliga ham kelmaydi. 

"Kelajak oshxonasi"

"Kelajak uyi"dagi barcha texnika egalarining istaklarini bajarishga mo‘ljallangan. Masalan, aqlli shkaf. Siz undan o‘zingiz xohlagan ichimligingizni olishingiz mumkin.

"Aqlli oshxona" taom tayyorlashda sizga yordam berishi mumkin. Vino javoni tanlangan masalliqni induksion plitali "aqlli" oshxona stoli bilan "bo‘lishadi". Masalliq parametrlariga qarab, plita vaqt va haroratni belgilaydi hamda taom tayyorlanish jarayonini nazorat qiladi. 

Bir vaqtning o‘zida "aqlli" muzlatgich uyda hamma masalliqlar bor yoki yo‘qligini tekshiradi. 

"Aqlli oshxona" stolida ovqatning sovimasligi uchun maxsus nuqta mavjud - belgilangan nuqtaga kosa yoki likopchani qo‘yib, qopqog‘ini yopib qo‘yiladi. 

Bu jarayonlarning barchasini smartfonlardan boshqarish  - ular orqali texnikani o‘chirish yo yoqish mumkin. 

Uy bekalarining orzusi

IFA ko‘rgazmasida Panasonic hozircha ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan Laundroid loyihasini namoyish etdi - "aqlli uy"ga biriktirilgan robot kiyimlarni ajratib, ularni taxlay oladi. U ko‘rinishidan har qanday zamonaviy intererga mos keluvchi ingichka baland shkafdek ko‘rinadi. Uy egasi kiyimlarni kir yuvish mashinasidan olib, unga qo‘ysa bas. 

Panasonic kelajakda barcha uy bekalarining orzusini amalga oshirib, kirlarni yuvish, quritish, taxlash jarayonlarini bir qurilmaning o‘zida amalga oshirish mumkin bo‘lishi uchun harakat qilmoqda. Kompaniya vakillari Laundroid'ning 2019 yilda bozorga chiqishga tayyor bo‘lishini ma'lum qilishdi. 


Teglar