Yaponiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza berish rejimini kuchaytirmoqchi

  • 12:46 / 10.02.2020
  • 484

Yaponiya hukumati oʻzbekistonliklarga viza berishdan oldin tekshirishni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Iqtisodiyot gazetasi xabar bermoqda. 

Ushbu masala boʻyicha qaror shu yilning aprel oyida qabul qilinishi mumkin. Ular birinchi navbatda talabalar uchun vizalar berishdan oldin kengaytirilgan testlarni joriy etishmoqchi.

Shuningdek, boshqa 80 mamlakat fuqarolari vizalar berishdan oldin ularning fuqarolari jadal tekshiriladigan davlatlar roʻyxatiga kiritilishi mumkin. Roʻyxat mamlakatning iqtisodiy ahvolidan kelib chiqqan holda tuzilgan.
 
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Yaponiyadagi vakili Joʻrabek Hasanovning aytilishicha, bunga Yaponiyaga talabalik maqsadida kelib oʻzni ishga urgan va noqonuniy ishlar bilan shugʻullanganlarning koʻpayib ketgani sabab boʻlmoqda.

Ushbu masala yuzasidan Assotsiatsiyaning vakili: “Oʻz shaxsiy manfaatingizni davlatning (koʻpning) manfaatidan yuqori qoʻymang. Sizning xatoyingiz butun boshli davlatga taʼsir koʻrsatadi”, — deya taʼkidladi.