Yaponiyada mamlakatdagi eng tezyurar poyezd namoyish etildi

  • 14:38 / 09.05.2019
  • 1038

Yaponiyada soatiga 360 kilometrgacha tezlikda harakatlanadigan Alfa-X tezyurar poyezdi namoyish etildi, deb xabar berdi "Iomiuri" gazetasi.

Gazetaning yozishicha, u Yaponiyadagi eng tezyurar poyezd bo‘ladi. Ungacha Sinkansen yo‘lida harakatlanuvchi poyezdlarning tezligi soatiga 500 kilometrgacha edi.

JR East temiryo‘l kompaniyasi Alfa-X poyezdini Senday va Sin-Aomori stansiyalari o‘rtasida sinov rejimida yo‘lga qo‘yadi.

2030 yilga kelib bunday poyezdlar Xonsyu va Xokkaydo orollarining shimoli-sharqiy qismlari o‘rtasida harakatlana boshlaydi.

 

Teglar