Yaponiyada sobiq xodim kafedagilarni garovga oldi

  • 10:05 / 21.04.2020
  • 119

Yaponiyaning Fukuoka shahrida pichoq bilan qurollangan kishi kafedagilarni garovga oldi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi

Ta’kidlanishicha, garovga olinganlar ikki soat davomida binoda ushlab turilgan. Politsiya hududni qurshab oldi, deyiladi xabarda.

Jabrlanganlar haqida ma’lumot keltirilmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilgan shaxs kafening sobiq xodimi bo‘lgan.