Yaponlar ajoyib bog‘ qurishdi: bu yerda bolalar o‘zlari ovqat pishirishlari mumkin

  • 08:50 / 14.08.2019
  • 353

Bolalik – betashvish va ajoyib davr. Uning har bir daqiqasi sehr, xayolot va kutilmagan hodisalarga boy. Ularning tasavvuri juda keng: ular uchun jo‘mrakdan oqayotgan suv shasharadek, eski saroylar sehrli qasrlardek tuyuladi. Har qanday yoshdagi bola orzu qiladi, dunyoni o‘zicha kashf qiladi va o‘z qo‘llari bilan mo‘jizalar yaratishni istaydi. Ko‘pincha kattalar bolalarni, ular beradigan savollarni tushunmaydilar. Ularni iloji boricha xavf-xatardan himoya qilishga harakat qiladilar. Bunday taqiqlar bolalarni ko‘p narsalardan cheklab qo‘yadi. Binobarin, “yosh tadqiqotchi”larga erkinlik berish ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonch bilan ulg‘ayishlariga yordam beradi. Albatta, bunday mashg‘ulotlar kichik shikastlanishlar, yengil jarohatlarsiz bo‘lmaydi. Lekin yapon onalari hamma narsani ham fojia emas, balki foydali tajriba sifatida qabul qilishadi.

Японцы создали парк, где детям разрешены все опасности, от которых их обычно ограждают

Японцы создали парк, где детям разрешены все опасности, от которых их обычно ограждают

Японцы создали парк, где детям разрешены все опасности, от которых их обычно ограждают

Yaponlar bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga qaror qilishdi va “Hanegi” istirohat bog‘ini qurishdi. Bu yerda ular deyarli hamma narsa qila oladi. Tokiyoda qad rostlagan ushbu maskanda bolalarni nazorat qilish va umumiy xavfsizlik haqida qayg‘urishga hojat yo‘q. Antiqa bog‘dagi erkinlik bolalarga bir olam quvonch ulashadi. Unda kichkintoylar kundalik hayotda ularga taqiqlangan har qanday “mehnat faoliyati” bilan shug‘ullanishi mumkin: bolg‘a bilan mix qoqish, o‘tin yorish, gulxan yoqish, balandlikdan sakrash, xullas, hamma-hammasi. Ota-onalar esa qo‘rquv va xavotir bilan farzandlarining  qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tayotganini tomosha qilishadi. Aytgancha, bu yerda bolalar o‘z qo‘llari bilan qurgan inshootlar ham bor.

Японцы создали парк, где детям разрешены все опасности, от которых их обычно ограждают

Японцы создали парк, где детям разрешены все опасности, от которых их обычно ограждают

Японцы создали парк, где детям разрешены все опасности, от которых их обычно ограждают

Японцы создали парк, где детям разрешены все опасности, от которых их обычно ограждают

Noan’anaviy bog‘ga tashrif buyuruvchilar daraxtlarga chiqishi, ochiq olovda ovqat pishirishi, hatto kir suvda cho‘milishi mumkin. Bunga hech kim qarshilik qilmaydi. 

Quvnoq tabassum qilayotgan bolalarni bog‘ning har bir burchagida uchratasiz. Ammo ularning zavq-shavqqa to‘lib, shodon kulishlari bir lahzada o‘tib ketganidan biroz hafa ham bo‘lasiz. 

Японцы создали парк, где детям разрешены все опасности, от которых их обычно ограждают

Японцы создали парк, где детям разрешены все опасности, от которых их обычно ограждают