“Yarim trillion tejaladi”: Tramp Xitoy bilan aloqalarni uzmoqchi

  • 12:24 / 15.05.2020
  • 473

AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan munosabatlarni to‘liq uzish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u Fox Business telekanaliga bergan intervyusida aytgan.
Jurnalist Mariya Bartiromo prezidentdan xitoylik talabalarga viza berishni rad qilish taklifi haqida fikrini so‘ragan. “Biz ko‘p ish qilishimiz mumkin. Barcha aloqalarni to‘xtatishimiz mumkin. Nima bo‘ladi? Biz 500 milliard dollar tejaymiz” degan Donald Tramp savolga javob berarkan.
Oq uy rahbari bu bilan Xitoyning shuncha miqdordagi AQShga eksportini nazarda tutgan.
Prezident, shuningdek, Xitoy raisi Si Szinpin bilan gaplashmoqchi emasligini, savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash niyatida emasligini qo‘shimcha qilgan.