Yashash sharoiti fazodagiga qaraganda og‘ir bo‘lgan Yerdagi joylar

  • 23:25 / 29.05.2019
  • 732

Hayotning qulay sharoitlariga ko‘nikkan zamonaviy inson uchun suv, gaz, elektr energiyasining mavjud emasligini tasavvur etish mushkul. O‘zini evolyutsiyaning cho‘qqisi sanaydigan insoniyat Yerda yashash uchun eng qulay joylarni egalladi. Sayyora aholisining muayyan qismi yashash sharoiti fazodagidan ham og‘ir bo‘lgan hududlarni o‘zlashtirgan: axir fazodagi sayyohlar barcha zaruriy narsalar bilan muntazam ta'minlab turiladi.

Facte.ru sayti yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan joylar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.

Foto: Pinterest

Indoneziya

Indoneziyaning eng mashhur orollaridan biri – Yava oroli. Vulqon xavfiga ega bu joyda yarim million kishi yashaydi. Orolda Indoneziyadagi 130 ta vulqondan eng faoli joylashgan. U har yetti yilda otilib, muntazam doimiylik bilan «uyg‘onadi».

Uning so‘nggi faolligi 2017 yilda kuzatilgan. O‘sha vaqtda tabiiy talofat 350 inson hayotiga zomin bo‘ldi. Har yetti yilda uyg‘onishidan tashqari Yava orolidagi vulqon yiliga ikki marta sokin ravishda «tiriladi». Tabiiy sharoitlar bilan bog‘liq doimiy zo‘riqish holatlariga qaramay, bu yerdagi aholi orolni butunlay tashlab ketishni rejalashtirmay, odatiy hayot kechirishda davom etadi.

Foto: FLNKA

Peru

Dengiz sathidan 5 ming balandlikdagi And tog‘larida oltin rudasi konlari aniqlanganida ko‘plab peruliklar La-Rikonda shahrini tashkil etib, ana shu yerga kelishga harakat qilishdi. U yerda infratuzilma deyarli rivojlanmagan. Kanalizatsiya o‘tkazilmagan, oqava suvlar tizimi yaratilmagan. Biroq aholi soni doimiy ravishda ortib bormoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2009 yilda aholi soni 30 ming kishidan ortiq bo‘lgan.

Foto: Pinterest

Xitoy

Ancha vaqtdan beri Xitoy tog‘lari budda monaxlariga ma'qul bo‘lib kelgan. Motuo shahrida 10 ming kishi yashaydi, ularning ko‘pchiligi Buddaga e'tiqod qiladi. Motuoni tashqi olam bilan bog‘laydigan yagona narsa bu – 200 metrli osma yo‘l.

Foto: REX

Hindiston

Cherapundji hind shaharchasi aholisi soni 10 ming kishidan ortmaydi. U yerda bir yilda 12 ming mm dan ortiq yog‘ingarchilik bo‘ladi, bu esa uni Yerdagi eng nam joyga aylantiradi. Doimiy namlik tufayli tuproq hosil yetishtira olmaydi, biroq bu yerda odamlar yashaydi.

Foto: Pinterest

Chili

Chilining Atakama sahrosida esa, aksincha, yomg‘ir deyarli yog‘maydi. Bu sahro sayyoradagi eng quruq joy hisoblanadi. O‘simliklar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Biroq bu yerda ham peruliklar yashaydi. Sahroning o‘rtasida San-Pedro-de-Atakama shahrini yaratishgan bo‘lib, 5 mingga yaqin odam yashaydi.

Foto: Don't Panic Magazine

Rossiya

Rossiyaning Verxoyansk shahri dunyodagi eng sovuq shahar deb tan olingan. O‘rtacha yillik harorat -19 daraja sovuqni tashkil qiladi. Shimolning qaqshatqich sovuq sharoitlarida 1,2 mingdan ortiq kishi yashaydi.

Foto: Wikipedia

Grenlandiya

Grenlandiyaning eng shimoliy shahri – Illokkortoormiut. Unga bir necha transport turlari – dastlab samolyotda, keyin vertolyotda (yana qayiqda suzib borsa ham bo‘ladi) yordamida yetib olinadi. 1925 yilga qadar u yerda odam bo‘lmagan. Hudud faqat qutb ayiqlari va tyulenlarga tegishli edi. Biroq o‘tgan asrning 20-yillari so‘ngida u yerga odamlar ko‘chib borishni boshladilar, ularning soni 2017 yilda yarim mingdan biroz kamroqni tashkil etdi.

Foto: Pinterest

Efiopiya

Afrika sahrosi – yumshoqroq aytganda yashash uchun u qadar qulay joy emas. Ayniqsa u dunyodagi o‘rtacha yillik harorati eng yuqori joyligi hisobga olinsa. Efiopiya hududlaridan birida Dallol shahri bor. Unga olib boradigan yo‘llar yo‘q, u yerga faqat karvon yo‘llaridan foydalangan holda yetib borish mumkin.

Teglar