​Yashash uchun eng qimmat 10 ta shahar

  • 08:08 / 25.02.2019
  • 2702

Mutaxassislar tajriba o‘tkazishdi va 15th Annual Demographia International Housing Affordability Survey doirasida yashash uchun eng qimmat shaharlar ro‘yxatini e'lon qilishdi.

Tadqiqot doirasida Avstraliya, Kanada, Irlandiya, Yangi Zelandiya, AQSh, Buyuk Britaniya, shuningdek Singapur va Honkongda joylashgan sakkizta mamlakatda joylashgan 309 ta shahardagi narxlarni tahlil qilishdi.

Reytingni tuzish uchun turar-joyning o‘rtacha narxi va oilaning o‘rtacha kirimi o‘rtasidagi nisbat tahlil qilinib, indeks hisoblandi.

Quyida dunyodagi eng qimmat shaharlar haqida hikoya qilamiz.

10. San-Fransisko, AQSh — 8,8

San-Fransisko o‘zining sovuq tumanlari, adirliklari va viktorian hamda zamonaviy arxitekturaning chatishgani bilan mashhur bo‘lgan jahon sayyohlik markazi hisoblanadi.

Shahar iqtisodiyoti janubda yuqori darajali mutaxassislar jalb etilishini talab etadigan Kremniy vodiysi paydo bo‘lgach, keskin o‘sdi.

Vodiyda biotexnologik va biotibbiyot tadqiqot markazi ham joylashgan.

9. Oklend, Yangi Zelandiya — 9,0

Oklend — aholisi 1 534 700 kishiga yaqin bo‘lgan Yangi Zelandiyadagi yirik shahar.

Katta Oklend tomonidan egallangan hudud mamlakatning eng zamonaviy qismi sanaladi.

Oklend – Yangi Zelandiyaning asosiy iqtisodiy va moliyaviy markazi. Shahar iqtisodiyoti asosan xizmatlar va savdolarga asoslangan. Ko‘plab yirik xalqaro korporatsiyalar bu yerda o‘z ofisiga ega.

8. Tauranga, Yangi Zelandiya — 9,1

Tauranga — Yangi Zelandiyadagi Shimoliy orolda joylashgan shahar.

Iqlim va geografik joylashuv turizm va qishloq xo‘jaligini hududning asosiy sanoatiga aylantirgan.

Shahar yangi zelandiyaliklarning yoz mavsumida dam oladigan mashhur joylaridan sanaladi.

Okrugda joylashgan kivi plantatsiyalari va uni qayta ishlash korxonalari bu hududni «kivining jahon poytaxti» deb atalishiga sabab bo‘lgan.

Shaharda joylashgan port import hajmi bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi.

7. Los-Anjyeles, AQSh — 9,2

Los-Anjyeles — AQShdagi Kaliforniya shtatining janubida joylashgan shahar. 

Shahar aynan shu nomdagi okrugning ma'muriy markazi, shuningdek, aholisi 17 milliondan ortiq aglomeratsiya – Los Anjyelesning markazi hisoblanadi. Los-Anjyeles jahondagi eng yirik madaniy, ilmiy, iqtisodiy, ta'lim markazlaridan biri sanaladi.

Shuningdek shahar – kino, teatr, musiqa, adabiyot va televideniye sanoatining eng yirik jahon markazlaridan biri.

6. San-Xose,  AQSh — 9,4

San-Xose — Kaliforniyadagi shahar, aholi soni bo‘yicha Los-Anjyeles va San-Diyegodan keyin uchinchi, AQShda esa o‘ninchi o‘rinda.

Kremniy vodiysining norasmiy poytaxti.

Bu yerda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatadigan ko‘plab kompaniyalar, jumladan, Cisco Systems, Adobe Systems, BEA Systems, eBay, KLA Tencor’ning shtab-kvartiralari joylashgan.

5. Santa-Kruz, AQSh — 9,6

Santa-Kruz – Kaliforniya shtatidagi shahar, Santa-Kruz okrugining ma'muriy markazi va yirik shahar.

Bu yerda Santa-Kruzdagi Kaliforniya universiteti joylashgan.

4. Melburn, Avstraliya — 9,7

Melburn — Avstraliyadagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi shahar, Viktoriya shtatining poytaxti. Aholi soni 4 milliondan ortiq.

Melburn – dunyodagi eng janubiy millioner shahar. Shahar Avstraliyaning asosiy tijorat, sanoat va madaniy markazlaridan biri sanaladi.

Melburn yana «sport va madaniy poytaxt» deb ham ataladi, chunki u yerda Avstraliyadagi ko‘plab sport va madaniyat tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

3. Sidney, Avstraliya— 11,7

Sidney — Avstraliyaning eng katta va eng qadimiy shahri. Aholisi 5 mln kishidan ortiq.

Sidney shahri o‘zining opera teatri, Xarbor-Brij ko‘prigi va plyajlari bilan mashhur.

Katta Sidneyning aholi yashaydigan mavzelari milliy bog‘lar bilan o‘ralgan.

2. Vankuver, Kanada — 12,6

Vankuver — Kanada g‘arbidagi shahar, Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasining yirik aholi punkti va kattaligi bo‘yicha Kanadada uchinchi o‘rinda.

Vankuver mamlakatning eng yirik sanoat markazlaridan biri hisoblanadi. Shahar porti - Kanadadagi eng yirigi bo‘lib, tovar aylanmasi yiliga 75 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Uning faoliyati YaIMga 10,5 mlrd AQSh dollarini qo‘shadi.

So‘nggi yillarda shahar dasturiy ta'minot, biotexnologiyalarni ishlab chiqish, shuningdek rivojlanayotgan kinosanoatga ega muhim markazga aylanmoqda.

Shaharning go‘zal manzarasi uni turizm uchun asosiy joylardan biriga aylantiradi.

1.Honkong, Xitoy — 20,9

Hudud iqtisodiyoti erkin bozor, soliqlarning pastligi va davlatning iqtisodiyotga aralashmasligiga asoslanadi.

Honkong ofshor hudud emas, u erkin port bo‘lib, importdan bojxona to‘lovlari olinmaydi, u yerda qo‘shilgan qiymat uchun soliq va uning ekvivalentlari yo‘q.

Aksizlar tovar mahalliy yoki import bo‘lishidan qat'i nazar faqat to‘rt turdagi mahsulotlardan olinadi.

Honkong – xalqaro moliya va savdoning muhim markazi, shtab-kvartiralarning bir yerda to‘planish darajasi esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkich sanaladi.

Teglar