Yaxshi mutaxassisni yomon shifokordan farqlash usuli oshkor qilindi 

  • 08:00 / 08.04.2021
  • 61

Shifokor-reanimatolog Aleksandr Ostrovskiy yaxshi va malakali mutaxassisni yomon shifokordan qanday farqlash mumkinligini aytdi. 

Uning ta’kidlashicha, yaxshi shifokor tezda tashxis qo‘ya oladi va bemorlar bilan ularga tushunarli bo‘lgan tilda muloqot qiladi. 

“Odatda tajribasiz shifokorlar sizni atamalar bilan chalg‘itishga urinadilar. Yaxshi shifokor esa tushunarli qilib gapiradi, sizga og‘ir va katta ishni birga amalga oshirishi kerak bo‘lgan hamkordek so‘zlaydi”, dedi mutaxassis. 

Malakali tibbiyot xodimi xonaga kirib kelgan bemorning qanday kasalga chalinganini taxmin qila oladi. Uning keyingi ishi esa paydo bo‘lgan taxminni tasdiqlash yoki inkor qilish hisoblanadi.