Yaxshigina pul evaziga Habib bilan jang qilishga ham tayyorman – Jorj Masvidal

  • 13:10 / 25.03.2020
  • 124

UFC’ning yarim o‘rta vazn toifasidagi jangchisi Jorj Masvidal liganing yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda MMA FIGHTING nashri.

Xabarda ta’kidlanishicha, yengil vaznga tushish Masvidalning organizmi uchun og‘ir kechadi.

“Yarim o‘rta vaznda hammasi risoladagidek. Yengil vaznda jang qilgan vaqtlarimda munosib raqib berilmagan.

Yarim o‘rta vaznga ko‘tarilganimdan keyingina top-5 dagi jangchilar bilan oktagonga chiqish imkoniyati berildi.

Yaxshigina pul evaziga yengil vaznga qaytishga ham, Habib bilan jang qilishga ham tayyorman”, — deydi Masvidal.