YeChL: Messisiz “Barselona” yirik mag‘lubiyat bilan boshladi

  • 08:23 / 15.09.2021
  • 65

Kecha Yevropa Chempionlar Ligasining ushbu mavsumdagi guruh bahslariga start berildi. “E” guruhida Messisiz “Barselona” o‘z maydonida yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Gap faqat Messida ham emas. Barselona uchun hozir og‘ir davrlar. 2 yil ichida uchta top hujumchisi ketdi. Messi, Suares, Grizman. O‘rnini to‘ldirilishi uchun vaqt kerak. “Barselona” butun uchrashuv davomida raqib darvozasi tomon biror marta ham aniq zarba bermadi. So‘nggi bor bunday xol 2003-2004 mavsumida ro‘y bergan edi. Bavariya esa ishlab turgan mexanizm. Favorit bo‘lishi tabiiy holat. Murabbiy almashinuvi ham u qadar sezilmayapti. 


"Barselona" (Ispaniya) — "Bavariya" (Germaniya) - 0:3
Gollar: Myuller (34), Levandovski (56, 85).

“Barselona” – ter Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya (Mingesa, 66), Serdji Roberto (Demir, 59), de Yong, Pedri, Buskets, Alba (Balde, 74), de Yong (Koutino, 67), Depay.

“Bavariya” – Noyer, Pavar (Ernandes, 66), Upamekano, Zyule (Stanishich, 82), Devis, Sane (Koman, 82), Myuller (Zabitser, 82), Musiala (Gnabri, 70), Goretska, Kimmix, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Kimmix (5), Upamekano (78), Gavi (82).

“E” guruhining ikkinchi uchrashuvida  Kiyevning «Dinamo» klubi Portugaliyaning  «Benfika» jamoasini qabul qildi. O‘yinning eng e’tiborli joyi, hakamning kulgili vaziyatga tushib qolgani bo‘ldi.
Entoni Teylor bahsning 82-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Denis Garmashga ogohlantirish berib, ketidan darhol "qizil"ni ko‘rsatdi. Uchrashuvning boshqa rasmiylari mazkur "sariq" ukrainalik futbolchi uchun birinchisi ekanini aytishganidan keyin, Teylor o‘yinchini maydondan chetlatish haqidagi qarorini bekor qildi va Garmash o‘yinni davom ettirdi.

“Dinamo” (Kiyev, Ukraina) – “Benfika” (Portugaliya) - 0:0 
“Dinamo” Kiyev – Boyko, Kendzera, Zabarniy, Sirota, Mikolenko, Sigankov (Karavayev, 76), Sidorchuk, Shaparenko, de Pena (Verbich, 76), Shkurin (Garmash, 60), Buyalskiy.
“Benfika” – Vlaxodimos, Otamendi, Vertongen, Morato, Jilberto (Lazaro, 59), Vaygl, Joau Mariu (Taarabt, 85), Rafa Silva (Pissi, 90), Everton (Radonich, 59), Grimaldo, Yaremchuk (Nunyes, 59).
Ogohlantirishlar: Rafa Silva (21), Yaremchuk (44), Sidorchuk (52), Vaygl (71), Zabarniy (73), Garmash (82).

“Fʻ” guruhida o‘ziga xos kichik sensasiya sodir bo‘ldi. Kecha biz “Manchester Yunayted” ustozi Sulsherning YeChLda jamoasining asosiy maqsadi g‘olib chiqish degan fikrini bergan edik. Biroq “qizil iblislar” turnirni mag‘lubiyat bilan boshladilar. Uchrashuv Sulsher shogirdlari uchun omadli boshlangandi. Omadsiz hisoblangan 13-daqiqa uyiga qaytgan Krishtianu Ronaldu uchun omadli keldi va u hisobni ochib jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu Krishtianuning Chempionlar ligasidagi 177-o‘yinida 135-goli edi.


Shuningdek, Ronaldu o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi Iker Kasilyas bilan tenglashdi. 30 sentyabr kuni u Vilyarrealga qarshi uchrashuv bilan bu rekordni yangilashi mumkin. 
35-daqiqada mehmonlar o‘yinchisi Uan-Bissaka raqibiga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi va hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Bir o‘yinchi ko‘p bo‘lgan mezbonlar 66-daqiqada hisobni tenglashtirishdi va o‘yin durangga qarab ketayotgandi. Biroq hakam qo‘shib bergan 90+5 daqiqada Lingard “qovun tushirdi”. Inglizlar yarim himoyachisi to‘pni bir raqibiga bermaslik uchun boshqasini birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi va Teozon sovg‘ani qaytarmadi – 2:1!

"Yang Boyz" (Shveysariya) – "Manchester Yunayted" - (Angliya) - 2:1

Gollar: 0:1 – 13 Ronaldu, 1:1 – 66 Ngamale, 90+5 Teozon Sebatsho. 

"Yang Boyz" – fon Ballmos, Xefti, Lauper, Kamara, Garsiya, Martins Pereyra, Fassnaxt, Syerro (Syebatsho, 46), Ngamale, Ebisher, Elia.

"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Shou, Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, van de Bek (Varan, 46), Sancho (Diogu Dalot, 37), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Fassnaxt (45), Martins Pereyra (50), Varan (64).
Chetlatish: Uan-Bissaka (35)

"Vilyarreal" (Ispaniya) – "Atalanta" (Italiya) - 2:2 

Gollar: 0:1 – 6 Froyler, 1:1 – 39 Trigeros, 2:1 – 73 Dandjuma, 2:2 – 83 Gozens.

"Vilyarreal" – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Pedrasa (Mario Gaspar, 88), Pino (Alberto Moreno, 72), Kapu (Koklen, 60), Parexo, Trigeros (Moyses Gomes, 60), Jerar Moreno, Dia (Dandjuma, 61).

"Atalanta" – Musso, Toloi, Palomino, Gimshiti (Demiral, 61), de Ron (Kopmeyners, 70), Dzappakosta, Froyler, Malinovskiy (Pashalich, 71), Pessina (Miranchuk, 79), Gozens, Sapata (Ilichich, 70).

Ogohlantirish: de Ron (24), Kapu (55), Jerar Moreno (65), Pino (71), Koklen (76).
Chetlatish: Koklen (84).

“G” guruhida “Sevilya” – “Red Bull Zalsburg” bahsi haqiqiy dramatik kechdi. E’tibor bering:
• 13’ Sevilya darvozasiga penalti. 
• 21’ Sevilya darvozasiga penalti.  
• 37’ Sevilya darvozasiga penalti. 
• 42’ Zalsburg darvozasiga penalti. 
• 50’ Sevilya o‘yinchisiga qizil. 
Hisob esa:

"Sevilya"  (Ispaniya) – "Red Bull"  (Avstriya) - 1:1 

Gollar: 0:1 – 21, penalti Suchich, 1:1 – 42, penalti Rakitich.

"Sevilya" – Bunu, Navas (Montyel, 88), Kunde, Diyego Karlos, Akunya, Jordan (Dileyni, 46), Fernando, Rakitich (Rafa Mir, 65), En-Nesiri, Suso (Okampos, 46), Gomes (Lamela, 58).

"Red Bull" – Ken, Kristensen, Sole, Veber (Piontkovski, 51), Ulmer, Suchich, Aaronson, Kamara, Zayvald (Kapaldo, 80), Sheshko (Adamu, 67), Adeyemi (Okafor, 80).

Ogohlantirish: Diyego Karlos (12), Zayvald (15), En-Nesiri (26), Rakitich (65), Dileyni (82), Kapaldo (84), Navas (84), Kamara (90), Okafor (90).
Chetlatish: En-Nesiri (50).

"Lill"  (Fransiya) – "Volfsburg" (Germaniya) - 0:0 

"Lill" – Grbich, Chelik, Fonte, Botman, Reynildu, Devid, Andre, Sheka (Onana, 83), Ikone (Lixadji, 74), Yilmaz, Gomes (Yazidji, 74).

"Volfsburg" – Kastels, Mbabu, Lakrua, Bruks, Russiyon (Gerxardt, 84), Baku (Lukebakio, 61), Filipp (Bornauv, 66), Shteffen (Valdshmidt, 61), Gilavogi, Arnold, Vegorst (Nmecha, 66).

Ogohlantirishlar: Andre (31), Bruks (45), Gilavogi (56), Ikone (63), Valdshmidt (65), Nmecha (70), Lakrua (85).
Chetlatish: Bruks (63).

“H” guruhidagi “Chelsi” – “Zenit” uchrashuviga UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin tashrif buyurdi va bejizga emas. O‘yin oldidan UEFA prezidenti sovg‘a-salomlar bilan chiqib keldi. Jorjonoga mavsumning eng yaxshi futbolchisi,

Kantega yarim himoyachi

va Mendiga darvozabon uchun sovg‘alar topshirildi.

Tuxel ham o‘z sovrinini qabul qilib oldi. Esingizda bo‘lsa, qur’a jarayonida UEFA talqiniga ko‘ra mavsum laureatlari e’lon qilingandi. 

"Chelsi" (Angliya) – "Zenit" (Rossiya) -1:0 

Gol: 1:0 – 69 Lukaku.

"Chelsi" – Mendi, Aspilikueta (Tiago Silva, 83), Kristensen, Ryudiger, Kovachich, Jeyms, Jorjino, Maunt (Loftus-Chik, 90), Ziyesh (Xaverts, 63), Alonso (Chiluell, 83), Lukaku.

"Zenit" – Krisyuk, Sutormin, Chistyakov, Rakiskiy (Krugovoy, 88), Duglas Santos, Malkom (Dzyuba, 75), Vendel (Yeroxin, 76), Kuzyayev (Kravsov, 82), Barrios, Klaudino (Mostovoy, 88), Azmun.

Messisiz “Barselona” o‘z maydonida 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Ronaldusiz “Yuventus” safarda huddi shu hisobda g‘alaba qozondi.

"Malmyo" (Shvesiya) – "Yuventus" (Italiya) - 0:3 

Gollar: 0:1 – 23 Aleks Sandro, 0:2 – 45, penalti Dibala, 0:3 – 45 Morata.

"Malmyo" – Diavara, Berget, Axmedxodjich, Nilsen, Brursson, Riks (Olsson, 76), Innosent (Nanasi, 75), Kristiansen, Rakip (Nalich, 59), Cholak, Birmanchevich (Abubakari, 59).

"Yuventus" – Shchensni, Danilo, de Ligt (Rugani, 86), Bonuchchi, Aleks Sandro, Kuadrado (Kulusevski, 83), Lokatelli, Bentankur (Makkenni, 68), Rabo, Dibala (Remzi, 82), Morata (Kin, 68).

Ogohlantirish: Brursson (39), Nilsen (43), de Ligt (59).

Bugun YeChLda guruh bahslari davom etadi.