YeChL: “Real” va “Tottenxem”dan gollar shousi

  • 10:42 / 07.11.2019
  • 262

6-noyabrdan 7-noyabrga o‘tar kechasi YeChL guruh bosqichi 4-turi yakunlandi. Bir kun avval 4-turning dastlabki o‘yinlari o‘tkazilgan (http://xabardor.uz/yechl-3-tur-barselona-uyida-gol-ura-olmadi-chelsidan-kambek-va-qolgan-natijalar) edi. 

Turning ikkinchi kungi bahsida Moskvaning “Lokomotiv” klubi “Yuventus”ni qabul qilib 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.  “Lokomotiv” (Rossiya) – “Yuventus” (Italiya) 1:2.

“Bayer” va “Atletiko” uchrashuvida ham shu hisob qayd etildi. Bu safar o‘yin mezbonlar hisobiga hal bo‘ldi. “Bayer” (Germaniya) – “Atletiko” (Ispaniya) 2:1.
 
Gretsiyaning “Olimpiakos” klubini qabul qilgan “Bavariya” esa mehmonlar darvozasiga javobsiz ikkita gol yo‘llab, navbatdagi uch ochkoni hisobiga yozib qo‘ydi. “Bavariya” (Germaniya) – “Olimpiakos” (Gretsiya) 2:0.

Serbiyaga safar uyushtirib “Srvena Zvezda” mehmoni bo‘lgan “Tottenxem” mezbonlarni to‘rtta gol bilan “siyladi”. Bu gollarga Serbiya jamoasi birorta ham javob bera olmadi.  “Srvena Zvezda” (Serbiya) – “Tottenxem” (Angliya) 0:4.

“Atalanta” va “Manchester Siti” uchrashuvida esa 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. “Atalanta” (Italiya) – “Manchester Siti” (Angliya) 1:1. 

“Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) – “Shaxtyor” (Ukraina) damoalari uchrashuvida muxlislar 6 ta gol ko‘rdi. Uchrashuvda tomonlar 3 tadan gol urib, durangga imzo chekdi. “Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) – “Shaxtyor” (Ukraina) 3:3.

Ushbu turda “Galatasaray”ni qabul qilgan “Real Madrid” jamoasi mehmonlar darvozasiga javobsiz oltita gol yo‘lladi. “Real Madrid” (Ispaniya) – “Galatasaray” (Turkiya) 6:0.

PSJ hamda “Bryugge” bahsida parijliklar Ikardining yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. PSJ (Fransiya) – “Bryugge” (Belgiya) 1:0.