Yer aholisining soni oʻsishdan toʻxtasa, nimalar sodir boʻladi?

  • 14:30 / 25.08.2019
  • 1319

Oʻtgan maqolamizda yer sayyorasida aholi umr koʻrish davomiyligi uzaygani haqida yozgandik. Ammo 1960-yilga nisbatan bugun tugʻilish darajasi sezilarli darajada kamayib ketgan. Bugungi kunda sayyoramizda 65 yoshdan yuqori boʻlgan keksalar 5 yoshgacha boʻlgan bolalardan koʻproq. Tugʻilishning pasayishi ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Agar shu ketishda davom etsa, kelajakda sayyoramizning eng koʻp farzand koʻradigan hududi bu — Afrika qit’asi mamlakatlari boʻladi. Shuningdek, 2050-yilga kelib dunyodagi eng mashhur din Islom dini boʻladi. 

Agar yer aholisining oʻsishi toʻxtab qolsa nima boʻladi? 

Umuman olganda, hozirda Yer yuzida qancha aholi yashaydi?

Tarixdan maʼlumki, sayyoramizda aholining oʻsish darajasi hozirgi davrga qaraganda ancha past ko‘rsatkichda boʻlgan. 1800-yilda sayyoradagi odamlar soni 1 milliardan kamroq boʻlgan bo‘lsa, 1950-yilga kelib Yer yuzidagi odamlar soni 2,5 milliard kishiga yetdi. Bugungi kunda esa, deyarli 7,7 milliardga yetdik.

Insoniyatning bunday keskin ko‘payishi ilmiy taraqqiyotga bogʻliq, albatta. Tibbiyot, sanitariya, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarilishi koʻplab muammoni hal qildi. Biroq bu holat abadiy davom eta olmaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitoblariga koʻra, yer aholisining oʻsishi 2100-yilga kelib toʻxtaydi. Ularning ma’lum qilishicha, oʻsha vaqtga kelib, dunyo aholisi 11 milliard kishiga etadi.

Toʻplangan maʼlumotlarga koʻra, insoniyat allaqachon aholi sonining pasayishiga duch kelgan. Bir vaqtlar vabo epidemiyasi 200 million odamni hayotdan koʻz yumishiga sabab boʻlgan. Biroq bu safar hamma narsa boshqacha boʻladi. Aholi sonining kamayib ketishiga yaqinlashib kelayotgan demografik muammoning ortishi, yaʼni tugʻilishning pasayish asosiy sababga aylanadi. 

BMT maʻlumotlariga koʻra, oldindagi 80 yil davomida, yaʼni 2020-yildan 2100-yilgacha, 80 yoshdagi odamlar soni 146 milliondan 881 millionga yetadi. Shu bilan birga, oʻrtacha yosh 31 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lishi kutiladi.

Umummilliy madaniyatimiz kelajakda qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Shunday qilib, olimlarning fikricha, kelajakda biz nafaqa tizimining inqiroziga duch kelishimiz mumkin. Bundan tashqari, vaqt oʻtishi bilan oilaviy hayot tarzi ham keskin oʻzgaradi. Oilada bolalar soni kamayadi. 

Xulosa qilib aytganda, keksalarning ko‘payishi, tug‘ilishning kamayishi asosiy demografik muammolarni keltirib chiqaradi.

Teglar