Yer yuzida qancha oltin bor? Qaysi kompaniya xodimlarini tilla bilan mukofotlaydi? (Tilla haqidagi eng qiziqarli faktlar) 

  • 11:09 / 02.12.2019
  • 2299

Oltin ming yillar davomida qadrlab kelinadi. Lekin u haqidagi ma’lumotlarni hamma ham bilavermaydi. Bugun sizlarni oltin haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlardan xabardor qilmoqchimiz. 

Tillani iste’mol qilish mumkinligi haqida eshitganmisiz? Oltin metall bo‘lsa-da, odamlar uni iste’mol qilishadi. Tilla bilan turli shirinliklar bezatiladi, uni kokteyl va boshqa turli ichimliklarga qo‘shishadi. Iste’mol qilinadigan oltinning oliy navlisi xuddi folga qog‘ozi kabi ingichka yoki tuproq zarralari kabi mayda bo‘ladi. Oltin biologik inert metall bo‘lganligi uchun, u hazm bo‘lmay organizmda qolib ketadi. Iste’mol qilingan oltin organizmga zarar yetkazmaydi va shu bilan birga foyda ham keltirmaydi.  

Похожее изображение

Dunyodagi birinchi tilla savdo avtomati Abu-Dabidagi (BAA) “Emirates Palace” mehmonxonasida o‘rnatilgan. Zolotomatdan (tillamat) og‘irligi 2,5 grammdan 31,1 grammgacha bo‘lgan tilla va oltin tangalar sotib olish mumkin.

Картинки по запросу Первый в мире вендинговый автомат по продаже золота

Oltin gipoallergik va notoksik metall bo‘lib, u hech qachon zanglamaydi. Shuningdek, haqiqiy tilla hech qachon allergiya qo‘zg‘atmaydi. Tilla taqinchoqlardan allergiya bo‘lish esa uning tarkibida boshqa metallar borligidan dalolat beradi. 

Ko‘p hollarda yangi zargarlik buyumlari avval ishlatilgan tillalardan tayyorlangan bo‘ladi. 

Картинки по запросу Интересные факты о золоте.

Insoniyat butun tarix davomida uchta Olimpiya hovuzini to‘ldirishga yetadigan tilla yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. Hisob-kitoblarga asoslanib, aniq sonlar haqida gapiradigan bo‘lsak, dunyodagi jami oltin zaxirasi 190 ming tonnani tashkil qiladi. Bunda uning hajmi 9844,55 metr kubga teng bo‘ladi. Bitta Olimpiya hovuzi esa 3345 metr kubni tashkil etadi. 

Картинки по запросу Olympic Pool

Trapetsiya shaklidagi eng katta oltin quymasi 250 kilogrammni tashkil qiladi. U Yaponiyaning Mitsubishi Materials kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, eng katta oltin sifatida “Ginnes”ning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Похожее изображение

Ko‘pgina kompaniyalar xodimlarini tilla bilan mukofotlaydi. Masalan, McDonald's 10 yil davomida uzluksiz ishlagan xodimlariga olmos ko‘zli tilla uzuk hadya qilgan bo‘lsa, Lego kompaniyasi 25 yil davomida mehnat qilgan ishchilarini 25 grammlik tilla g‘isht bilan mukofotlagan. 

Похожее изображение

 Olimpiadaning oltin medalida atigi 6 gramm tilla mavjud. Sababi, medal kumushdan tayyorlanib, faqat ustki qismi oltin bilan qoplanadi. 

Картинки по запросу Olympic gold medal

Makkajo‘xori – qishloq xo‘jaligi ekinlari ichida tillaga tenglashtiriladi. Uning mitti donalari miya va asab tizimini oziqlantiradi.

Картинки по запросу Corn