Yer yuzidagi birinchi gul qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

  • 12:30 / 06.12.2019
  • 827

Xalqaro botaniklar guruhi bugungi kunda sayyorada mavjud bo‘lgan 300 mingdan ortiq o‘simliklarni tahlil qilib, tarixdagi birinchi gul qaysiligini aniqlashni taklif qilishdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, o‘simliklarning gulkosalari qatlamli tuzilishga ega. Ulardagi reproduktiv organ esa chang va urug‘ funksiyalari bilan o‘zaro aloqador bo‘ladi. Ilmiy ishlarning dastlabki natijalari 2017-yilda qayta nashrdan chiqdi. 

Tashqi tomondan qaraganda qadimgi gullar zamonaviy dafna daraxti, magnolia va ranunkulyus (kapalak gullari)ga o‘xshash bo‘lgan. Ularning diametri bir santimetrdan oshmagan, barglarining uzunligi esa 11 santimetrdan kam bo‘lmagan. Bunday holatda kurtakdagi barglar uch qatlamni hosil qilgan. 

Agar tahlil natijasida olingan ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, u holda flora olamidagi taniqli “qadimiy gular” (masalan, nilufargul) evolyutsiyada muhim o‘zgarishlarga duch kelgan va tashqi ko‘rinish jihatdan avvalgi gullarga o‘xshamay qolgan. 
Quyidagi rasmda dunyodagi eng birinchi guldan qanday gullar kelib chiqqanini ko‘rishingiz mumkin.