“Yevro otasi” Robert Mandell vafot etdi 

  • 11:33 / 06.04.2021
  • 70

Nobel mukofoti laureati va yevroni o‘ylab topgan mashhur iqtisodchi Robert Mandell 89 yoshida vafot etdi. Bu haqida uning hamkasbi Sofiya Jonson xabar qilgan. 

Professor 4-aprel kuni Italiyaning Toskana viloyatida hayotdan ko‘z yumgan. Mandell yevro asoschilaridan biri hisoblanadi. Iqtisodchi valyuta uchun teoretik asosni yaratish ustida 1960-yildan ish boshlagan. 

Taniqli iqtisodchi Nobel mukofotini 1999-yilda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha qo‘lga kiritgan edi. Robert Mandell Chikago universitetida doktorlik darajasini olgan, Stenford hamda Chikago universitetlarida dars bergan.