Yevropalik diplomat: “Ilhom’ teatrining taqdiri O‘zbekiston hukumati uchun yana bir sinovga aylanishi mumkin”

  • 14:50 / 13.02.2020
  • 150

“Butun dunyoga mashhur bo‘lgan “Ilhom” teatrining taqdiri O‘zbekiston hukumati uchun yana bir sinovga aylanishi mumkin, ya’ni mamlakatning boy va xilma-xil madaniy merosini saqlab, bozor islohotlarini amalga oshira oladimi yoki yo‘qmi?”, degan savolni ko‘ndalang qo‘yadi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Elchisi Eduards Stiprays.

Eduards Stiprays  YUNESKO tomonidan belgilangan hududlarda qurilishning nazoratsiz olib borilishi O‘zbekistonning turizm va investitsion mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ham ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 12-fevral kuni “Ilhom” teatri binosida teatrning kelgusi faoliyati bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilgan edi.

Matbuot anjumanida teatr uchun yangi bino sovg‘a qilish taklifi o‘rtaga tashlandi. 

Madaniyat vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mavluda Asqarxo‘jayeva ushbu masalani Madaniyat vaziri bilan ko‘rib chiqib, oydinlik kiritishini bildirib o‘tgan.

Teatr rassomi Artyom Kim esa anjuman davomida ko‘tarilgan masalalarning ijobiy hal qilinishida vazirlik rahbariyatiga ishonmasligini ta’kidlagan.