Yevropaning eng qadimiy obidalaridan biri qayta ochildi

  • 10:10 / 02.06.2020
  • 349

Italiya poytaxti Rim shahridagi qadimiy Kolizey amfiteatri 3 oylik karantindan so‘ng 1-iyun kuni sayyohlar uchun o’z eshiklarini qayta ochdi, deb yozmoqda The Local nashri.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, amfiteatrga bir kunda 300 gacha sayyoh tashrif buyurishi mumkin. Binoga kiraverishda haroratni o‘lchash skanerlari, dezinfeksiya vositalari, ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qilish uchun belgilar qo‘yilgan bo‘lib, bu tarixiy obidaga tashrif buyuruvchilar xavfsizligini imkon qadar ta’minlashga yordam beradi.

“Kolizeyni 3 oylik karantin davrida ko‘rish g‘ayritabiiy holat edi. U Rim va Italiyaning ramzi hisoblanadi. Ammo “bo‘shlik” hissi uning go‘zal husniga zarar yetkazdi”, deydi amfiteatr direktori Alfonsina Russo.

Teglar