Yil boshidan buyon eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil qaysiligi maʼlum boʻldi

  • 19:58 / 17.09.2021
  • 335

Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yil yanvar–sentyabr oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillarning soni boʻyicha maʼlumot berdi

Qayd etilishicha, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida joriy yilning 9 oyi mobaynida 36 667 dona “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, bu vaqt davomida 37 552 dona “Damas”, 26 268 dona  “Lacetti-Gentra”, 14 619 dona “Nexia T-250”, 8 857 dona “Labo“, 6 485 dona “Spark” avtomobillari ishlab chiqarilgan.

Shu bilan birga, avgust oyining oʻzida eng koʻp “Damas” avtomobili, 3 690 dona  ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari oʻtgan oyda “Cobalt”  – 350 dona, “Lacetti-Gentra” – 2 dona, “Labo“ – 1 315 dona hamda “Nexia T-250” – 177 dona ishlab chiqarilgan.