Yilning eng yaxshi ekologik suratlari: qalbingizni titratishi aniq!

  • 09:40 / 03.12.2019
  • 187

Atrof-muhit muammolariga e’tibor qaratadigan Environmental Photographer of the Year 2019  fotosuratlar tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi. Tanlovning eng yaxshi ishlari, nafaqat inson faoliyatining natijalarini aks ettiruvchi eng hissiyotli suratlar, balki ushbu sharoitlarda moslashish va omon qolish qobiliyatini namoyish etuvchi tasvirlardir. 

“Iqlim va energetika sohasidagi harakatlar” nominatsiyasida g‘olib – J.Genri Feyrning qadimiy Xambax o‘rmoni haqidagi “O‘rmon yodgorliklari” suratidir. Ko‘mir qazib olish uchun energiya kompaniyasi sotib olinguniga qadar o‘rmon 12 ming yoshda bo‘lgan. Natijada, Manxetten hududiga kiruvchi  o‘rmonlarning 10 foizi qoldi.

Aragon Renunsio Antonioning “Plastik karyer” fotosurati. So‘nggi 65 yil ichida plastik ishlab chiqarish 2,3 million tonnadan 448 million tonnagacha oshdi.

Polineziya oroli iqlimiy muammolar tufayli suv toshqini xavfi ostida qolgan – Shon Gallaherning surati “Atrof-muhit o‘zgarishi” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

“Toshqinning uyga kirishi” – Shanta Mumaraning Mumbay xarobalarida olgan surati  

Eliud Gil Samanyegoning Mexiko aks etgan surati “Shahar ekologiyasi” nominatsiyasida eng yaxshi deb topildi. 2018-yilda Mexiko shahri dunyodagi eng iflos shaharlardan biri deb tan olingan.

“Kundalik mehnat chizig‘i” – minglab bangladeshliklar ish topish umidida Dakkaga kelishmoqda. Nochor odamlar og‘ir ishlarni qilishadi, masalan, ko‘mirni yuklash, boshida og‘ir savat tashish kabilarni.

Bosforda suv ostini tozalash ishlari – Shebnem Koskunaning “Axlat” fotosurati.

   “Okeanning yuragi”. Baliq zaxiralarining kamayishi bilan baliq ovlash usullari yana-da tajovuzkor bo‘lib bormoqda. Bunday mayda to‘r dengiz muhitini yo‘q qiladi.

Nevill Ngomane “Umidsiz choralar” asari bilan tanlovning eng yaxshi yosh fotografi deb topildi. Shoxlarni kesish – karkidonlarni brakonyerlardan himoya qilishning so‘nggi urinishi.

Daraxtlar kesilishi Keniyada ichimlik suvi tanqisligiga olib keldi. Frederik Darshining surati “Suv, tenglik va xavfsizlik” nominatsiyasida eng yaxshi deb topildi.

“Oson yerlar” – britaniyalik Yan Ueyd tunda daraxtlarni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

“Ko‘rinmas” – Valeriy Leonardning Katmandu axlatxonasida chiqindi yig‘uvchilar bilan tushgan surati.

“Shirin tushlar” – fotosuratchi Antonio Aragon Renunsio Afrikaning Sahel mintaqasidagi stolda uxlab yotgan qizni suratga tushirdi, bu yerda global isish tez-tez kuchli yomg‘irlarni keltirib chiqaradi.

Amdad Xosseynning surati – Dakka bo‘yida bir ayolning “Bezovta qilib bo‘lmas uyqu”si.  

Teglar