Yilning eng yaxshi filmi – “Byordmen” qanday suratga olingan

  • 09:12 / 24.02.2015
  • 4660

“Byordmen” filmi uning rejissyori Alexandro Gonsales Inyarritu tomonidan tajriba filmi sifatida suratga olingan. Uning o‘zi ham bundan nima chiqishini bilmagan va hammaga unda shunchaki ishtirok etishni taklif qilgan. Maykl Kiton “taxminan 11 soniyada” filmda rol o‘ynash uchun rozilik bergan. Rejissyor tomonidan o‘z jamoasiga qo‘yilgan asosiy vazifa – filmni bir kamerada bir dublda suratga olish edi. Shuningdek, u postanovkachi-rassom Kevin Tompson va operator Emmanuel Lyubetskidan juda ko‘p mehnat qilishni talab qildi.

1124341

Dekoratsiyalar va filmning montaji ustidagi ishlar Los-Anjyelesdagi repetitsiya paytlaridayoq boshlangan. Sony kompaniyasi studiyasi pavilonida film jamoasiga bo‘lg‘usi xonaning o‘lchamlarini o‘zgartirish, ya'ni yo‘laklarni uzaytirish yoki qisqartirish, xonalarni kengaytirish va shu kabilarni bajarishga imkon beradigan dekoratsiyaning harakatchan nusxasi qurildi.

2124345

Aktyorlar bunda qanday tezlik bilan yurishlari kerakligini eslab qolishlari kerak edi, chunki suratga olish joyida qurilib bo‘lingan dekoratsiyani o‘zgartirib bo‘lmasdi. Repetitsiyada, shuningdek, kameraning rakurslari va harakatlanishi ham ishlab chiqilgan. Gohida filmdagi aktyorlar o‘rniga maxsus yollangan yordamchi aktyorlardan foydalanilgan. Tasvirga olish maydonchasida suratga olish ishlarining boshlanishiga qadar barcha kadrlarning xomaki ko‘rinishi ishlab chiqib bo‘lingan.

3124348

 

Montajdagi ulanish joylari qayerda va qanday tarzda berkitilishini hisoblab chiqish uchun repetitsiya jarayoni suratga olingan va montaj qilingan. Ya'ni tasvirga olish guruhining Nyu-Yorkka kelishigacha butun film “xomaki variantda” deyarli tayyor bo‘lgan. Bu ish jarayonida filmdagi dialoglar sayqallangan, ssenariy qayta o‘zgartirilgan hamda alohida sahnalarning ritmi ishlab chiqilgan.

4124357

Kompozitor Antonio Sanches va Inyarritu

Filmni suratga olishga maydonchasida kerakli ritmni ushlab turish uchun barabanda chalingan musiqa shaklidagi saundtrek yozilgan. Barabanchi filmda bir necha joylarda – teatr ichida, ko‘chadagi xiyobonda paydo bo‘ladi. Musiqani meksikalik Antonio Sanches yozgan. U Inyarrituning sahnalarni tasvirlab berishiga mos holda 60 ta hissiy shakldagi trek yozgan. Baraban urishi bosh qahramonning yurak urishini tasvirlagan. “Bu aktyorlarga kerakli kayfiyatga, kameraga esa sahna ritmiga kirishga yordam bergan”, deb aytadi Lyubetski.

5124358

Filmdagi voqealar bir teatr binosi ichida bo‘lib o‘tadi. Filmdagi teatr sifatida West 44th Street ko‘chasida joylashgan Sent-Jyeyms tarixiy teatri olingan. Biroq ajablanarlisi, aynan shu paytda ushbu teatrda tanaffus bo‘lgan: avvalgi spektakl tomoshabinlar orasida muvaffaqiyat qozona olmagani uchun teatr 9 kunga bo‘sh bo‘lgan. Inyarritu va suratga olish guruhi aynan shu kunlardan foydalanib qolgan.

6124402

Filmdagi teatr sahnasi va uning asosiy kirish qismi – bu haqiqatda mavjud bo‘lgan joylardir, qolgan barcha xonalar Kvinsda joylashgan Kaufman Astoria Studios kinostudiyasi pavilonida maxsus qurilgan dekoratsiyalardan iborat.

7124405

Qurilgan dekoratsiya suratga olish joyiga hech qanday nomutanosiblarsiz quyilib ketishi va o‘zida zinapoyalar, xonalar, yo‘laklar yopiq labirintini tasavvur etishi kerak edi. Natijada, filmning postanovkachi-rassomi Kevin Tompson bunday labirintlardan uch qavatini qurdi.

Dekoratorlar xonalarni brodvey teatrlaridagi xonalarga xos bo‘lgan turli eski teatr rekvizitlari, g‘aroyib mebel, bo‘yoq bankalari va boshqa mayda-chuydalar bilan to‘ldirganlar.

8124409

Filmda teatrning barcha xonalari o‘zgarish jarayonida bo‘ladi: u yerda bo‘lg‘usi premeraga tayyorgarlik ishlari ketayotgan bo‘ladi. Va bu o‘zgarishlarni ko‘rsatish kerak edi. Filmda premeraning boshlanishi yaqinlashgani sari Kitonning personaji miyasida ko‘proq qo‘rquv mujassamlasha boshlaydi, hattoki xonalar ham torayib, unga bosim o‘tkazayotgandek bo‘ladi. Bularning barchasini ko‘rsatish kerak edi. “Yo‘laklar tor, shiftlar esa past bo‘lib qoladi, bosh qahramon spirtli ichimlik sotib oladigan do‘kon ichida bo‘lganda do‘konning joylashish o‘rni ham o‘zgarib turadi, biroq tomoshabinlar buni sezishmaydi”.

9124413

 

Yorug‘lik manbai sifatida odatiy kinoda ishlatiladigan yorug‘likdan emas, balki dekoratsiyaga o‘rnatilgan yorug‘likdan foydalanilgan. Filmda kontrast va keskinlikni yaratish uchun turli yorug‘lik harorati manbalaridan foydalanilgan.

10124416

Yorug‘lik umuman katta muammo bo‘ldi. “Misol uchun, Maykl Kiton o‘zining kiyinish xonasida, uning perimetri bo‘ylab joylashgan lampochkalar bilan yoritilgan oyna oldida o‘tirgan sahnada bu lampochkalar biz o‘rnimizdan turib xona bo‘ylab xonada yurganimizda bir daqiqadan keyin kerak bo‘lmagan soyani bera boshlaydi. Shuning uchun tabiiy ko‘rinish uchun yorug‘lik qurilmasi biz bilan birga harakatlangan. Kamera xonada suzgandek harakatlanganda, uning yonida yorug‘lik moslamasini harakatlantiradigan yana sakkizta odam ham birga yurardi. Bu xuddi baletga o‘xshab ko‘rinardi”, deb aytadi film operatori Lyubetski.

11124420

“Suratning montajchilardan biri qiziq narsani aytib berdi: biz tomda Emma Stoun va Edvard Nortonni suratga olayotganimizda, ularning ortidagi binoda Tom Xenksning yuzi aks etgan katta banner bor edi. Agar biz uni lavhada qoldirsak, unda tomoshabinlar bizni ataylab shunday qilgan, deb o‘ylashardi. Bu banner montaj paytida almashtirildi”.

12125139

Montaj ishlari butun suratga olish davomida olib borilgan. Montajchi Daglas Krays kun bo‘yi olingan materialni olib, barcha lavhalar bir-biri bilan qanday ulanayotganini va ertangi kunga nimalarni suratga olish kerakligini qarab chiqardi. Bunda Inyarritu montajchining keyingi dublda kadrning u yoki bu rakursda olinishi bo‘yicha qabul qilgan qaroriga bo‘ysunishga tayyor edi. Ikkinchi montajchi Stiven Mirrione Los-Andjyelesda turib ishlardi va asosan vizual effektli kadrlarni montaj qilish bilan shug‘ullangan.

13125142

Inyarritu montajchilarga ular nechta va qayerda montaj ulashlarini amalga oshirganlarini aytishlarini taqiqlab qo‘ydi, biroq Lyubetski eng uzun dubl 15 daqiqa, qolgan ko‘pchilik kadrlar esa taxminan 10 daqiqadan olingani haqida maroq bilan aytadi. Filmni montaj qilish uchun ko‘rinmas ulash texnologiyasidan foydalanildi, ularning ba'zilari uchun esa vizual effektlardan foydalanishga to‘g‘ri keldi.

14125146

Fon tasvirlarini suratga olishda film operatori Lyubetski kamera obektiviga yana to‘rtta GoPro kamerasini o‘rnatib, kameraning butun yo‘li davomidagi tasvirlarni 360 gradusda olishga muvaffaq bo‘lgan. Aynan shu kadrlar keyinchalik Kitonga yorug‘lik tushirish uchun ishlatilgan. Bu xromakey pavilonidagi suratga olish vaqtida fon yorug‘ligini aktyorda aks ettirish imkonini berdi.

15125151 16125154

Byordmen kiyimining konsept-dizayni “Oskar” mukofotining ikki marta qo‘lga kiritgan Albert Volski tomonidan yaratilgan.

17125201

Kitonning gaplarini RED EPIC kamerasi yordamida suratga olindi. Rodeo xodimlari uning tasvirini aktyor yuzining kiberskaniga akslantirishgan.

Yana bir sahnada Riggan shaharga o‘zga sayyoraliklarning hujumi, qandaydir qanotli mavjudot, vertolyot va bir talay snaryadlarni tasavvur qiladi. Bu sahnalarning bir qismi suratga olish maydonida olindi va keyin ularga kompyuter grafikasi qo‘shildi. Misol uchun, portlayotgan jip pirotexnika yordamida haqiqatda olindi. So‘ngra bu kadrlarga snaryad, “uning dumi” qo‘shildi va portlashga kompyuterda yaratilgan olov va uchayotgan parchalar qo‘shilib, portlash effekti kuchaytirildi.

18125204

Vertolyot va boshqa portlashlar ham kompyuterda yaratildi. “Biz yuqoriga qaraganda binoda yana bir portlashni ko‘ramiz. Suratga olingan materialda bor-yo‘g‘i tutun bor edi. So‘ngra biz kompyuterda binoni qurib, uni portlatib, binodagi qattiq obektlarning parchalanayotganini tasvirlaganmiz. G‘ishtlar, yog‘och bo‘laklari va oyna siniqlari ham kompyuterda yaratildi. Sahna ko‘rinishiga tutun va oldindan olingan alanga elementlari qo‘shildi”, — deydi Xanikyan.

Oynalar aks etgan sahnalar jiddiy ravishda qayta ishlab chiqildi, chunki ularning sirtida suratga olish guruhining aksi tushgan edi.

19125215

Bir necha sahnalarda bosh qahramon ko‘zgu oldida turadi va oynalar istalgan vaziyatda ham o‘zida suratga olish guruhini akslantirgan. Rodeo xodimlari bu akslarni kompyuterda o‘chirib chiqishgan. Bunday sahnalar juda murakkab ishni talab qildi: olingan materialdan faqat aktyor va uning aksi qoldirilgan, qolgan yon atrofdagi narsalar 2,5D usulda boshqatdan yaratib chiqilgan. Effektlar bo‘yicha rassomlar ko‘zgulardagi chang va g‘uborni ham chizib chiqishgan.

Ba'zi kadrlarni ulash paytida kadrlarning harakatlanish tezligini o‘zgartirish kerak bo‘lgan. “Alexandro film ma'lum sur'atda borishini istagan. Biz filmning katta qismida kadlrlarning harakatlanish tezligini o‘zgartirdik”, — deydi Xanikyan.

20125218

 

Natijada 119 daqiqalik filmning qariyb 90 daqiqasi Rodeo studiyasida qayta ishlanib, deyarli yagona ko‘rinmas effektdek yaratildi. “Eng qiziqarlisi, biz juda ko‘p tomoshabop blokbasterlar ustida ishlaymiz, biroq bizning ishimiz hikoyani tasvirlashning bir qismiga aylanadigan aynan shunday filmlardan ko‘proq zavq olamiz. Odamlar “Byordmen”da qanday ko‘p sonda vizual effektlardan foydalanilganini hattoki tasavvur ham qilmaydilar”, — deydi Xanikyan.

21125223

 

Filmning yaratilishi – suratga olish ishlari boshlanishidan postprodakshn ishlarigacha qadar bir yil ketdi, ya'ni filmni tayyor holatga keltirish ishlari 2013 yilning boshidan 2014 fevral oyi o‘rtalarigacha davom etdi.

Teglar