Yolg‘iz turistlar uchun eng ma’qul 10 ta mamlakat

  • 09:25 / 31.01.2020
  • 352

Foto: Spencer Davis/Unsplash

Hypebae portali tomonidan yolg‘iz turistlar uchun eng yaxshi turistik yo‘nalishlar aniqlangan. Ularning reytingida birinchi o‘rin Xorvatiyaga tegishli. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda – Peru (Machu-Pikchu shahri) va Malta oroli.

“Yolg‘iz sayohat qilish aslida kim ekaningizni bilishingizga yordam beradi. Bundan tashqari, turli mamlakatlar madaniyati, shuningdek, milliy oshxonasini o‘zingiz uchun kashf qilishingiz mumkin”, deyiladi maqolada.

Хорватия

Ro‘yxat yetakchisi Xorvatiya o‘zining plyajlari, bog‘lari, qadimiy yodgorliklari, shuningdek, go‘zal, shinam va unchalik shovqinli bo‘lmagan, yolg‘izlikdan bahramand bo‘lish mumkin bo‘lgan shaharlari bilan mashhur. “Albatta Rovinga tashrif buyuring, qal’a-shaharni o‘rganing”, deya maslahat beradi reyting mualliflari.

Ular, shuningdek, Peruga borishni taklif qiladi. Bunda And tog‘larining eng yuqori nuqtasida joylashgan inklarning qadimiy shahri Machu-Pikchu hududiga tashrif buyurish lozim. U UNESCO Butunjahon merosining obyekti hisoblanadi.

Мальта

Reytingning Top-3’ligiga kirgan Malta – Italiya yaqinidagi g‘alati Yevropa oroli hisoblanadi. Ijaraga olingan avtomobil yoki mahalliy transportda uncha katta bo‘lmagan orolni mustaqil aylanish mumkin.

Yolg‘iz sayohatchilarning sevimli joylari o‘ntaligiga Bali, Shveysariya, Italiya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Islandiya va Gongkong kirdi.