Yomon ob-havo Fransiyadagi 140 ming xonadonni elektrsiz qoldirdi

  • 18:37 / 03.11.2019
  • 167

Fransiyaning janubi-gʻarbiy qismida kamida 140 ming xonadon boʻron tufayli elektr tokidan uzilib qoldi, deya xabar beradi Fransiyaning "Le Figaro" gazetasi yakshanba kuni mamlakat meteorologiya xizmatiga tayanib.

Xabarga koʻra, eng qiyin vaziyat Atlantika Pireneyasi, Land, Jirond va Dordon departamentlarida yuzaga kelgan.

Boʻrondan zarar koʻrgan joylarda suv toshqini yoki daraxtlarning qulashi sababli baʼzi magistral yoʻllar yopilib qolgan. Yangi Akvitaniya mintaqasida mahalliy poyezdlar bekor qilindi, ba'zilari kechiktirilmoqda.

Ob-havoning yomonlashishi sababli favqulodda holat yakshanba kuni tushdan oldin Fransiyaning 17 departamentlarida eʼlon qilinadi.