Yoshingizni aytib turuvchi tana a’zolari

  • 16:24 / 22.09.2019
  • 785

Ayollar odatda ko‘proq yuzga e’tibor berishadi. Har qanday yangi ajin ularni daxshatga solidi, ularni kosmetika vositalari do‘koniga yugurishga va qimmatbaho kremlar sotib olishga majbur qiladi. Aslida, yosh butun tanada aks etadi va uni osongina “bildirib” qo‘yadi. 

1.  Bo‘yin

Картинки по запросу Шея

Bo‘yin kun davomida ko‘p harakat qiladi. Uning teri qoplamlari juda yupqa, yog‘ qatlami esa boshqa joylardagi kabi qalin emas. Ayni shu omillar uning tez qarishiga olib keladi. Teri tarangligini yo‘qotadi, ajinli chiziqlar hosil qiladi va teri osilib qoladi.
 
Bo‘yinning quyi qismini e’tibor bilan parvarish qilish lozim. Qadni tik tutish, bo‘yinni har kuni massaj va maxsus gimnastika qilish lozim. Shuni unutmangki, tananing bu sohasidagi teri ham quyosh nurlaridan himoyalanishga, namlanish va oziqlanishga muhtoj. 

2.  Qo‘llar

Картинки по запросу Какие части тела могут выдать наш возраст

Qo‘llar kun davomida minglab harakatlarni amalga oshiradi, ular doim ochiq. Shuning uchun ham tananing boshqa qismlaridan ko‘ra ko‘proq ultrabinafsha nurlari va xo‘jalik kimyoviy vositalardan aziyat chekadi. Uy sharoitida qo‘llarni parvarish qilish juda oson. Ularni namlantirish, oziqlantirish, har hafta skrab surtish va massaj qilish lozim. Agar uydagi muolajalar yordam bermay qo‘ygan bo‘lsa, kosmetologga boring. Lazer va lipofilling muolajasi orqali PRP-regeneratsiya qilishlari mumkin. Bu qo‘lni yoshartiradi va oqartiradi. 

3. Tizzalar

Картинки по запросу Колени

Ortiqcha vazn sizni hech qachon bezovta qilmagan bo‘lsa ham va o‘zingizga e’tiborli bo‘lsangiz ham, tizzalar vaqt o‘tib yoshingizni bildira boshlaydi. Axir, bo‘g‘imlar ko‘p harakat qiladi, bu esa terining cho‘zilishiga olib keladi. Yillar o‘tgani sayin, kollagenning ishlab chiqarilishi kamayadi va tizzadagi teri osilib, burmalar hosil qiladi. 
Tizzalardagi yosh belgilarini o‘zgartirish juda qiyin. Jarrohlik amaliyoti samarali deyish mumkin, ammo u juda xavfli. Shuning uchun hatto shifokorlar va kosmetologlar ham buni maslahat bermaydi. Yashagan yillaringizni aks ettiruvchi sog‘lom tizzalar tortilgan va ishlamaydigan bo‘g‘imlardan ko‘ra yaxshiroq. 

Shuning uchun bu holatda profilaktikaga e’tibor qaratgan yaxshiroq. Massaj va skrab qo‘llash orqali tizzalar terisining taranglashishiga erishish mumkin. Tananing tashqi ko‘rinishga sport bilan shug‘ullanish ham yaxshi ta’sir qiladi. Chunki terining osilib qolishi muskul massasining yo‘qolishida yuz beradi.