Yoz faslidagi qulaylik uchun foydali gadjetlar

  • 15:40 / 09.07.2019
  • 482

Facte!ru har qanday ob-havo sharoitida ham hayotni qulay qilish imkonini beruvchi gadjetlar haqida ma'lumot berdi.

Quyosh batareyasida ishlaydigan ixcham favvora

Ushbu kichik pompali nasos har qanday hovli uchun mos keladi. U quvvatni uzoq vaqt to‘plamaydi. Batareya quyosh nurini tutishni boshlagach, pompa 3 soniyadan keyin ishlashni boshlaydi. Bir necha anjomlari kayfiyatga qarab suv oqimini o‘zgartirish imkonini beradi. Yagona salbiy jihati bulutli havoda kuchsiz ishlaydi. Bu nuqtai-nazaridan ayrim yer egalari bunday favvoralardan suvni haydash ixcham pompasi sifatida foydalanishga harakat qilishadi.

Hasharotlar uchun fonusli tuzoq

Bir necha yillar davomida gollivudcha filmlarni tomosha qilib, tunda chivinlarni yo‘q qiladigan maxsus fonuslarga havas qilganmiz. Endilikda ana shunday g‘aroyib qurilmalarni biz ham xarid qilishimiz mumkin. Quyosh batareyalaridan quvvat oladigan LED-fonuslar ajoyib tanlovga aylanadi.

Metall panjara jonga tekkan chivinni statistik elektr toki bilan yo‘q qiladi. Ularning qoldiqlari korpusdagi maxsus idish ichiga tushadi, fonus atrofida yotmaydi. Bu kabi qurilmalarning yana bir standarti – to‘liq suv o‘tkazmaslik. Shuning uchun ularni yomg‘ir va gazonni sug‘orishda olib qo‘yish shart emas.

Ixcham to‘r belanchak

Ko‘chma uxlash xonasi doimo dolzarb. Nima uchundir standart matrasda to‘r belanchakdagi kabi yaxshi dam olinmaydi. Oddiysi bilan taqqoslanganda ixcham to‘r belanchakni u qadar katta bo‘lmagan ryukzakka ham solib yurish mumkin. Ishlab chiqaruvchilar u 250 kg.gacha chidamli ekanini aytishmoqda. To‘r belanchakning vazni esa yarim kilogramm.

Fonusli simsiz kolonka velosipedga qotirish moslamasi bilan

Velosipeddagi uzoq sayohatlarning muammosi – jarayonning bir xilda ekani. Quloqchinlar mazkur muammoni qisman hal etadi. Mutaxassislar ulardan foydalanmaslikni aytishadi. Chunki velosipedchi atrofni eshitolmay qoladi. O‘z-o‘zidan yo‘l-transport hodisasiga uchrash ehtimoli ortadi. Buning uchun rama yoki rulga mahkamlash mumkin bo‘lgan simsiz kolonka a'lo yechimga aylanadi.

Uning quvvati 6 soat uzluksiz ishlashga yetadi. U musiqani smartfon yoki SD-kartadan ijro etadi. Kolonka pauerbank kabi ham ishlashi mumkin. Bundan tashqari, yon tarafida tunda yoritgich sifatida ishlaydigan fonus ham bor.

Xona o‘simliklarini avtonom sug‘orish tizimi

Qo‘shningiz ham dam olish uchun uydan uzoqqa ketishi mumkin. Sevimli xona gullaringiz esa egasi dengizda bo‘lgan vaqtida qurib qolishi mumkin.Stansiya maxsus ilova yordamida smartfondan boshqariladi. So‘nggi modellari 8 tagacha o‘simlik uchun alohida sug‘orishni sozlash imkonini beradi.

 

Teglar