YаTTlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy summalari belgilandi

  • 15:44 / 10.12.2019
  • 174

2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan 2020-yilda byudjet jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida byudjet vakolatlari taqsimlandi.

Shuningdek, byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirish kiritish tartibi belgilandi.

Qonun bilan respublika byudjetining daromadlari prognozi va xarajatlari, mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari belgilandi.

2020-yil uchun ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari ham tasdiqlandi. Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari kabilar shular jumlasidandir.

Qonunga ko‘ra, bir qator xarajatlar respublika byudjetidan moliyalashtirishga, ayrim xarajatlar mahalliy byudjetdan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Jumladan, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha xarajatlar tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.


Qonunga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalari quyidagicha:

Oziq-ovqat va boshqa tovarlarni sotish (chakana savdoda): 

Toshkent shahri – 750 000 so‘m;
Nukus shahri va viloyatlar markazi – 600 000 so‘m;
  boshqa shaharlar – 300 000 so‘m;
  boshqa aholi punktlarida – 200 000 so‘m.

Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish: 

Toshkent shahri – 250 000 so‘m;
Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so‘m;
  boshqa shaharlar – 100 000 so‘m;
  boshqa aholi punktlarida – 50 000 so‘m.

Gazeta, jurnal va kitoblar sotish:

Toshkent shahri – 250 000 so‘m;
Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so‘m;
  boshqa shaharlar – 100 000 so‘m;
  boshqa aholi punktlarida – 50 000 so‘m.

Maishiy xizmatlar:

Toshkent shahri – 250 000 so‘m;

Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so‘m;
boshqa shaharlar – 100 000 so‘m;
boshqa aholi punktlarida – 50 000 so‘m.

Boshqa faoliyat turlari:

Toshkent shahri – 225 000 so‘m;
Nukus shahri va viloyatlar markazi – 150 000 so‘m;
boshqa shaharlar – 100 000 so‘m;
boshqa aholi punktlarida – 50 000 so‘m.

Avtomobilda yuk tashish:

yuk ko‘tarish quvvati 3 tonnagacha bo‘lganda – 150 000 so‘m;
yuk ko‘tarish quvvati 3 tonnadan oshiq bo‘lganda – 225 000 so‘m.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran  kuchga kiradi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.