“Yulduzcha” malhamidan foydalanishning 7 ta noodatiy usuli

  • 12:48 / 22.05.2020
  • 735

Moʻjizaviy “Yulduzcha” (“Zvezdochka”) malhami uzoq yillardan beri qator kasalliklarga davo sifatida tibbiyot qutichamizdan munosib joy egallagan. Uni bobo va buvilarimiz ham muntazam ishlatishgan. Bu malhamning hozirga qadar dorixonalarda sotilayotgani ushbu vositaning naqadar foydali ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yulduzcha”ni nafaqat tibbiy maqsadda, balki hayotning boshqa sohalarida ham qo‘llash mumkin ekan.
 
Uy hayvonlari bilan muammo yuzaga kelganda

“Yulduzcha”ni siz uy hayvonlarini qo‘rqitish uchun ham ishlatishingiz mumkin. Agar mushugingiz kvartiradagi mebel burchaklarini tirnashni yaxshi ko‘rsa yoki hojatxona uchun belgilangan joyga borishni istamasa, doimiy tirnaydigan joyiga shu malhamdan surtib qo‘ying. Uy hayvonlari juda sezgir burunga ega va ishlov berilgan joyga mutlaqo yaqinlashmaydi. Mushuk bir necha bor “Yulduzcha”ni hidlab ko‘rganidan so‘ng buzg‘unchilik qilmay qo‘yadi. Hech bo‘lmasa shu joylarda.

Teri parvarishi

“Yulduzcha” balzami kosmetologiyada ham ishlatilishi mumkin. U tovonlardagi qo‘pol terini yumshatadi va tiklanishini tezlashtiradi. Uni kechqurun dag‘al teriga surtib, ustidan paypoq kiyib yoting. Ertalab pemza bilan tovoningizni ishqalang va shunda oyog‘ingiz ostki terisi xuddi chaqaloqlarnikiga o‘xshab qoladi.

Tirnoqlar shikastlanganda

“Yulduzcha” malhamidan yana bir g‘ayrioddiy usulda foydalanishimiz mumkin. Tirnoq gribogini davolash uchun balzamni kuniga ikki marta tirnoq ustiga surting, shunda bir hafta ichida natijani ko‘rasiz. Malhamning  antiseptik ta’siri tufayli griboklar o‘ladi.

Chivin chaqishiga qarshi vosita

Ta’tilga chiqqanimizda, biz ko‘pincha chivin va pashshalarning chaqishiga ko‘p kelamiz. Ushbu balodan o‘zingizni himoya qilish uchun teriga ozgina balzamni qo‘llash kifoya qiladi va hasharotlar sizga yaqinlashishni xohlamay qoladi. Agar sizni allaqachon chaqqan bo‘lsa, unda o‘sha joyga “Yulduzcha”ni qo‘llang va ortiq qichishmay qoladi.

O‘simliklarni himoya qilish

Mazkur balzamni zararkunandalarga qarshi kurash, o‘simliklarni himoya qilish vositasi sifatida ham ishlatishingiz mumkin. Balzamni suvga aralashtirib, daraxt va butalarga sepib chiqing. Qayta ishlov berish o‘simliklarga zarar yetkazmaydi, lekin shira, chumoli va boshqa zararkunandalar endi bu o‘simliklar haqida o‘ylamaydi ham.

Ozish vositasi

Ushbu mo‘jizaviy malham, shuningdek, qizdirish xususiyatiga ham ega, bu sizga ortiqcha vazningizni yo‘qotishga imkon beradi. Balzam yog‘ hujayralarini asta-sekin qizdirib, eritib yuboradi va vazningizni kamaytiradi. Tabiiyki, bu borada faqat “Yulduzcha” ga ishonib qolish kerak emas. Uni boshqa usullar bilan birgalikda qo‘llash lozim.

Havoni tozalash

Balzam havodagi zararli mikroblarga qarshi kurashishga yordam beradi. Purkagichga oz miqdorda balzamdan qo‘shish orqali siz ham namlantirgich, ham sprey, ham havo tozalagichga ega bo‘lasiz.