Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, 6-apreldan Yunusobod tumanining quyidagi yo‘l qismlari ta’mirlash ishlari tufayli harakatlanish uchun 1 oyga yopiladi:
– Ahmad Donish ko‘chasidagi ikkilamchi yo‘l – KXAYdan Bog‘iravon 2-tor ko‘chasigacha;
– Ahmad Donish ko‘chasidagi ikkilamchi yo‘l – Bog‘iravon 2-tor ko‘chasidan KXAYgacha;
Mazkur yo‘l qismida tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilinmoqda.