Yurak-qon tomir kasalliklari tufayli yuzaga keluvchi o‘lim xavfini kamaytirish usuli topildi

  • 15:03 / 02.09.2019
  • 1165

Yevropa kardiologiya jamiyatining kongressida yong‘oqni muntazam ravishda iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari tufayli kelib chiquvchi o‘lim xavfini 17 foizga kamaytiradi, deb xabar berilgan.

Eronda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, haftasiga kamida ikki marta yong‘oq iste’mol qilish infarkt, yurak xuruji va turli yurak-qon tomir kasalliklari tufayli kelib chiquvchi o‘lim xavfini kamaytirar ekan. Ta’kidlanishicha, xom yong‘oq sog‘lik uchun katta foyda keltiradi. 

Yong‘oq tarkibida to‘yinmagan yog‘lar ko‘p bo‘ladi. Shuningdek, u yurak uchun foydali bo‘lgan juda ko‘p minerallar, vitaminlar, fitosterollar va polifenollar (xolesterinni kamaytiruvchi moddalar)ni o‘z ichiga oladi,–deydi eronlik doktor Nushin Muhammadifard kompaniyaning veb-saytida.

Yevropa Kardiologiya jamiyati har kuni 30 gramm tuzsiz yong‘oq iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Shu bilan birga, iste’mol vaqti ushbu mahsulotning yuqori energiya qiymatiga va yangiligiga e’tiborli bo‘lish kerakligini ta’kidlaydi.