Yurak xastaligiga ishora qiluvchi 12 noodatiy belgi - ularni oddiy ko‘z bilan ham payqash mumkin

  • 11:06 / 11.06.2019
  • 1639

Kardiologlar orasida shunday hazil bor: «Infarkting birinchi belgisi ko‘p hollarda infarktning o‘zidir». Lekin baxtimizga bu mutlaqo noto‘g‘ri. Aslida organizm bizga katta muammolarni oldini olish uchun kichik ko‘rsatmalar bera oladi. Muhimi ularni payqay olishdir. Quloqdagi mayda ajin, zo‘rg‘a seziluvchi oq nuqtalar yoki keraksiz esnoq noodatiy bo‘lishi va bir qarashda xavfsiz tuyilishi mumkin. Ammo aynan ular kasallikni ilk bosqichlarda aniqlash va davolashga hissa qo‘shadi.

1. Teri o‘zgarishlari

Qovoq, yonbosh, tirsak yoki tizza sohalaridagi mayda yog‘li dog‘lar ksantomalar deb ataladi va xavfsiz hisoblanadi. Agar ularning miqdori oshib ketsa, tanadagi xolesterin miqdori ham haddan oshgani, qon tomirlari ularni o‘zida ushlab sig‘dira ololmay, ortiqchalik qilganlarini teri ostiga chiqarishni boshlaganidan darak beradi. Bundan kelib chiqadiki, tomirlarning o‘zi zudlik bilan yordamga muhtoj: katta ehtimol bilan ular allaqachon yurak bilan bog‘liq katta muammolar keltirib chiqaruvchi ateroskleroz bilan kasallangan bo‘lishi mumkin.

2. Faol jismoniy mashq paytida esnash

Tanamiz terlaganda uning harorati teri ustki qavatidagi namlikning bug‘lanishi hisobiga soviydi. Shuningdek, sovishning boshqa yo‘llari ham mavjud: esnoq, uning davomiyligida tana kislorodga to‘yinadi va boshdagi harorat tushadi. Termoregulyatsiyaning tabiiy mexanizmlari o‘z vazifasini bajarishda nuqsonlarga duch kelsa, biz sport bilan shug‘ullanish paytida ham esnashimiz mumkin. Nuqsonlarning sabablari turlicha va ulardan biri yashirin yurak kasallanishidir.

3. Og‘iz bo‘shlig‘ining noxush hid

Milk yallig‘lanishi yoki parodontoz og‘izdan noxush hid kelishiga va hattoki tish to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Amerikalik olimlarning yangi tadqiqotlari esa milk va yurak kasalliklari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligini ta'kidlamoqda. Muammo shundaki, milklarni yallig‘lantirgan bakteriyalar yurak-qon tomir tizimiga tushishi va u yerda ham yallig‘lanishni keng yoyishi mumkin. Parodontoz bilan og‘rigan bemorlarda yurak kasalligiga uchrash xavfi 20 foizga yuqori. Shu sababli stomatologdan qanchalik qo‘rqmang, uning qabuliga borish muddatingizni o‘tkazib yubormasligingiz kerak.

4. O‘smirlik davrida toshmalar bo‘lmasligi

Tadqiqot faqat erkaklarga taalluqli bo‘lsa ham, natijalar ajabtovur. O‘smirlik davrida akne toshmalardan aziyat chekkanlar boshqalarga nisbatan yurak-ishemik kasalliklariga 33 foiz kamroq chalinishar ekan. Umuman olganda, toshmalar butun tana tizimlarini harakatga keltiruvchi gormonlar faoliyatidan darak berib boradi. 

5. Nomsiz barmoq uzunligi

Agar nomsiz barmoq ko‘rsatkich barmoqqa nisbatan sezilarli ravishda qisqa bo‘lsa, yurak xastaligining xavfi yuqori. Bu noodatiy bog‘liqlikni Buyuk Britaniya olimlari tadqiq etishgan. Barmoq uzunligiga insonning embrional rivojlanish davridagi testosteron moddasi miqdori sabab bo‘lar ekan, u oid bo‘lgan gormonal tizim esa yurak qon-tomir holatidan darak beradi. 

6. Ko‘kimtir lablar

Sog‘lom odamning lablari ham u qattiq sovqotganda yoki katta balandlikda bo‘lganda ko‘karishi mumkin. Jismoniy jihatdan bunga qon aylanishidagi qiyinchiliklarga duch kelish va vaqtinchalik kislorod yetishmovchiligi sabab bo‘ladi. Agar lablar besabab ko‘karishni boshlasa, demak, organizmda qon aylanishida muammoar mavjud. Kardiologga uchrash, yurak qon-tomir tizimi faoliyatini tekshirish tavsiya etiladi.

7. Tirnoqlar shaklining o‘zgarishi

Agar tirnoqlaringiz qalinlashishi va shaklining yumaloq ko‘rinishga kelishini kuzatgan bo‘lsangiz, e'tiborliroq bo‘ling. Bunday o‘zgarishlarga tomirlardagi muammolar sabab, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ularga qon yetarli miqdorda yetib kelmayapti. Bunday holatda tirnoq plastinining hujayralari o‘sish tezligini pasaytirish orqali muammoni hal etishga urinadi. Bu simptom qadimdan «Gippokrat barmoqlari deb ataladi».

8. Quloq surpasidagi burishish

40dan ortiq tadqiqotlarda aniqlanishicha, quloq surpasidagi diagonal ajin ateroskleroz rivojlanishi xavfi ortishiga ishora qiluvchi «Frenk simptomi» nomi bilan mashhur. Bu xastalikda arteriya devorlarida toshmalar paydo bo‘ladi va qon aylanishiga nojo‘ya ta'sir ko‘rsatadi. Yangi izlanishlar natijasi esa bu kabi burishmalar miyadagi qon aylanish tizimida muammolardan ham darak berishini ko‘rsatdi. Kompleks tekshiruvdan o‘tish eng yaxshi chora.

9. Quloqdagi tuklar

Quloqlar inson salomatligi haqida ko‘plab ma'lumotlarni berishi mumkinligini anglagan hind olimlari unga yana bir bor razm solishdi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, quloq kanallaridagi tuklar o‘sish tezligi birdan ko‘tarilishi «koronar simptomi» deb nomlangan kasallik bilan aloqador. «Frenk simptomi» bilan solishtirsak, aynan bu kasallikda kardiolog ko‘rigini zudlik bilan o‘tkazish lozim.

10. Tishning infeksion kasalliklari

Xelsinki olimlari perioapikal dontit (ildiz kanali infeksiyasi) va «koronar sindrom» o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Tishlari ildiz kanali infeksiyasi bilan zararlangan insonlar qon aylanishining yurak tomirlari doirasidagi muammolarga boshqalarga nisbatan 2,7 baravar ko‘proq duch kelishar ekan. Avstraliyalik izlanuvchilar esa tishlar to‘kilishi va yurak xastaliklari orasida umumiylik mavjud deyishmoqda.

11. Soch to‘kilishi

Yurak muaamolarining juda noodatiy belgilaridan biri erkaklarda erta yoki juda tez soch to‘kilishidir. Bu borada 800dan ortiq o‘rganishlar bo‘lib o‘tgan, birmunchasi soch muammosi qon tomirlari faoliyati bilan bog‘liqligini isbotlagan. Qo‘shimcha tarzda testosteronga nisbatan yuqori sezuvchanlik yoki erta duch keligan diabetni ham vaj sifatida ko‘rsatish mumkin. Ularning barchasi yurak kasalliklariga borib taqaladi va soch to‘kilishidan aziyat chekkan erkaklarda xavf 70 foizgacha yuqori deb ayta olamiz.

12. Soch oqarishi

Sochlar boshqa yo‘llar bilan ham yurak xastaligining yashirin belgilaridan darak berishi mumkin, masalan ularning bevaqt oqarishi. Yevropa olimlari soch oqarishiga 3 xil yurak kasalligi sabab bo‘lishi mumkinligini isbotlashdi: «koronar sindrom», ishemik kasalliklar va ateroskleroz. Yurak muammolari va oqarishga olib keluvchi faktorlar bir xil: kislorod yetishmasligi, hujayralar eskirishi, gormonal o‘zgarishlar va boshqalar. Xavf guruhiga oqargan sochlari tabiiy soch rangi miqdoriga teng va undan ortiq erkaklar kiradi.

Ogohlantirishdimi, demak, himoyalanish zarur. Tahlikaga tushish yaramaydi, lekin yuqoridagilardan birini o‘zida uchratganda tekshiruvdan o‘tib o‘z sog‘ligi haqida aniq ma'lumotga ega bo‘lish ham ortiqchalik qilmaydi, nazarimizda.

Teglar