“Yuventus” futbolchisi Turinda avtohalokatga uchradi

  • 20:41 / 22.09.2021
  • 143

Yarimhimoyachi Ferrari rusumli avtomobil boshqaruvida boʻlgan.

“Yuventus” yarim himoyachisi Artur 22-sentyabr kuni ertalab Turinda avtohalokatga uchradi, deb xabar beradi Football Italia.

Qayd etilishicha, yoʻlda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa jiddiy shikastlanishga olib kelmadi. Maʼlum boʻlishicha, futbolchi yoʻl-transport hodisasining sababchisi emas.

Artur boshqargan Ferrari shikastlangan boʻlib, avtomobilning oʻng farasi singan. Futbolchining oʻzi esa tibbiy markazga, tekshiruvdan oʻtish uchun olib borilgan.

Eslatib oʻtish mumkin, Artur oʻtgan yozda 72 million yevro evaziga “Barselona”dan “Yuventus”ga koʻchib oʻtgan edi.

Maʼlumot oʻrnida, oʻtgan mavsumda Artur Italiya A Seriyasida 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.