“Yuventus” hujumchisi koronavirus yuqtirib oldi

  • 12:01 / 22.03.2020
  • 1091

Italiyaning Yuventus klubi futbolchisi Paulo Dibala instagramdagi sahifasida o‘zida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi. U 11-martdan buyon o‘z ixtiyoriga ko‘ra izolyatsiyada edi. Biroq bu uni infeksiyadan saqlab qola olmadi. Avvalroq klubning ikki nafar futbolchisi – Blez Matyudi va Daniele Ruganida COVID-19 bo‘yicha o‘tkazilgan test musbat (+) natijani ko‘rsatgandi. Jamoadoshlarining birin-ketin virus yuqtirishi ortidan Ronaldu hozircha Italiyaga qaytmaslikka qaror qildi. 
“Yuventus”ning 26 yoshli hujumchisi ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija ko‘rsatganini tan olgan va virus yuqtirganiga qaramay ayni paytda o‘zini yaxshi his qilayotganini bildirgan.