“Yuventus” Italiya Kubogi finaliga chiqdi

  • 09:41 / 13.06.2020
  • 391

Turinning “Yuventus” klubi Italiya Kubogi yarim finali javob o‘yinida “Milan” bilan durang o‘ynab final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Krishtianu Ronaldu penaltini golga aylantira olmadi. “Milan”ni darvoza ustuni qutqarib qoldi. Oradan bir daqiqa o‘tib Ante Rebich qizil kartochka olganidan keyin “rossonerilar” o‘yinni bir kishi kam bo‘lib davom ettirdi. 
Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlanganiga qaramay, “Yuventus” safarda urilgan gol evaziga final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.
Turinliklar finalda “Inter” – “Napoli” juftligi g‘olibi bilan bellashadi.