Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi

  • 12:51 / 09.10.2019
  • 99

Joriy yilning 7-oktabr sanasida “Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 851-sonli Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2019-2020-yillarda hududlar kesimida zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish jadvali tasdiqlandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu jadvalga asoslangan takliflardan kelib chiqib oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berildi.

Qarorga muvofiq, zargarlik markazlari asosan hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarida, shuningdek, tegishli hududlarning turistik yoʻnalishlarida joylashtiriladi.

Shuningdek, zargarlik markazlarini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga foydalanilmayotgan bino va inshootlar “nol” xarid qiymatida sotiladi.

Ushbu markazlarni tashkil etilishida hamda respublikada oʻtkaziladigan xalq amaliy sanʼati festivallarida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga:

kirish vizalari rasmiylashtirishda konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmaydi;
koʻp martalik vizalar rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.